Nikolay Lavrov
Nikolay Vladimirovich Lavrov (1911-yil 17-dekabr, Rossiya imperiyasi, Samara — 1981-yil 21-aprel, SSSR) — gaz va yonilgʻi sohasidagi sovet olimi, kimyogar, texnika fanlari doktori (1950), Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademigi (1960), KPSS aʼzosi (1942), SSSR gaz sanoati vazirligi ilmiy-texnika kengashi aʼzosi, Butunittifoq Gaz ilmiy tekshirish instituti qoshidagi yonilgʻilarni qazib chiqarish seksiyasining raisi.
Tarjimayi holi
Nikolay Vladimirovich Lavrov 1911-yil 17-dekabr kuni Samarada tavallud topgan. 1934-yili Dmitriy Mendeleyev nomidagi Moskva Kimyo texnologiyasi institutini bitiradi. 1935—1936-yillari Moskva tunukasozlik zavodida gaz-generator stansiyasining katta muhandisi, 1939—1941-yillarda SSSR Fanlar akademiyasi Energetika institutida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1941—1945-yillari Ulugʻ Vatan urushida ishtirok etgan. Lavrov 1945—1948-yillari SSSR FA Energetika instituti hamda Yonilgʻi qazilamalari institutida katta ilmiy xodim, 1948—1949-yillari SSSR FA Prezdiumida ishlagan. 1949-yildda Lavrov Andrey Chernishyov bilan birgalikda Butunttifoq Yer osti gazlari ilmiy tekshirish institutini tashkli etishda tashabbus koʻrsatishgan. 1949—1951-yillarda Butunttifoq Yer osti gazlari ilmiy tekshirish instituti (VNIIpodzemgaz) xodimi, 1951—1953-yillarda mazkur insitutning direktori, SSSR FA Yonilgʻi qazilmalar institutida (1953—1959-yillar) ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 1960—1964-yillari Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi texnika fanlari boʻlimining akademik-sekretari hamda Oʻzbekiston SSR FA Yonilgʻidan foydalanish instituti direktori, 1965-yildan Butunittifoq Gaz ilmiy tekshirish instituti (VNIIProzmgaz) da laboratoriya mudiri vazifasida faoliyat olib borgan. Olim 1981-yil 21-aprelda 69-yoshida vafot etgan.
Ilmiy ishlari
Lavrov gazsimon yonilgʻilardan foydalanishga va yonilgʻilarning kimyoviy texnologiyasiga oid 300 ga yaqin ilmiy asar, shu jumladan 14 kitob va monografiya muallifidir.
Mukofotlari
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org