Nikolay Kucherskiy




Nikolay Ivanovich Kucherskiy (1937-yil 21-iyul, Melitopol, Ukraina SSR, SSSR — 2018-yil 13-dekabr, Moskva viloyati, Rossiya) — konchi-muhandis, metallurg, ishlab chiqarish novatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1996), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan injener (1975), texnika fanlari doktori (1999).

Biografiyasi



Nikolay Kucherskiy 1937-yil 21-iyulda Melitopolda tugʻilgan. 1961-yilda Dnepropetrovsk konchilik institutini kon muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1961-yilda Uchquduqdagi Shimoliy ruda boshqarmasida kon ustasi sifatida boshlagan, uchastka boshlig‘i, karer boshlig‘i, bosh muhandis, so‘ngra Markaziy kon boshqarmasi direktori lavozimlarida ishlagan.

N.Kucherskiyning butun mehnat faoliyati Oʻzbekistonning uran va oltin qazib olish sanoati bilan bogʻliq edi.

1985-yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori etib tayinlandi.

1991-yildan "Qizilqumkamyobmetalloltin" davlat konserni Kengashi raisi. Kucherskiy rahbarligi va ishtirokida oltin konlarida kon texnikasini modernizatsiyalash va siklli potok texnologiyani tashkil qilish boʻyicha yirik tadqiqot ishlanmalari bajarildi, Muruntov oltin ajratish majmuining 2- va 3-navbati qurildi, oltin bilan bir qatorda yoʻldosh volfram, kumush, palladiyni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga joriy qilindi.

N.Kucherskiy – texnika fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan muhandis, Navoiy davlat konchilik instituti va Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish institutining faxriy professori ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.

Kucherskiy Rossiya Konchilik Fanlar akademiyasi akademik (1992), Xalqaro fanlar, taʼlim, industriya va sanʼat akademiyasining haqiqiy aʼzosi (1997), Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining akademigi (2000).

N.Kucherskiy Oliy Majlis deputati etib saylangan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi boʻlgan.

U 2018-yil 13-dekabrda Moskva yaqinidagi klinikalardan birida vafot etdi.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz