Nikolay Korolkov
Nikolay Ivanovich Korolkov (1837-yil 28-dekabr — 1906-yil 13-fevral) — rus lashkarboshisi, piyoda qoʻshinlari generali, Fargʻona va Sirdaryo viloyatlari gubernatori, Rossiya imperiyasi Harbiy kengashi aʼzosi.
Biografiyasi
Nikolay Korolkov 1837-yil 28-dekabrda Rossiya imperiyasi Smolensk viloyatida yashovchi zodagonlar oilasida tavallud topgan.
Korolkov dastlab 2-kadet korpusida tahsil olib, u yerda 1855-yil 11-iyunda 1-artilleriya brigadasi praporshigi lavozimiga ega boʻladi va oʻsha yilning 30-sentyabrida 3-artilleriya brigadasiga oʻtkaziladi. 1856-yil 21-dekabrda Korolkov ikkinchi leytenant unvoniga ham ega boʻladi. Keyinchalik, 1857-yil 29-sentyabrda 5-batareyagacha boʻlgan qismlargaa, keyingi yilning 9-yanvarida esa 5-batareyaning oʻziga oʻtkaziladi.
1864-yilning 17-yanvarida Korolkov Bosh shtabga oʻtkazilib, shtabda dastlab 6-piyoda diviziyasining shtab-kvartirasida, soʻngra 7-piyoda diviziyasida (4-avgustdan) xizmat qiladi. 1865-yil 3-fevralda Korolkov Vilna harbiy okrugi shtab-kvartirasi katta adyutantining yordamchisi etib tayinlanadi va u yerda 30-avgust kuni kapitan unvoniga sazovor boʻladi.
Nikolay Korolkov 1875—1876-yillarda Qoʻqon xonligiga qarshi kechgan urushda qatnashib, ushbu jangda koʻrsatgan jasorati uchun 3-darajali Muqaddas Vladimir ordeni va qilichi bilan taqdirlangan.
1876-yil 28-iyundan 1877-yil 29-iyunga qadar Korolkov 3-Gʻarbiy Sibir yoʻnalishidagi batalyonga qoʻmondonlik qiladi, keyinchalik esa 1877-yil 3-avgustda Toshkent harbiy gospitalining boshligʻi etib tayinlanadi.
1877-yilning 8-dekabrida Korolkov 25-Smolensk piyoda polkining qoʻmondoni etib tayinlanadi, ammo shunday boʻlsa-da Turkistonni tark etmaydi, chunki 1878-yilning 7-yanvarida bu buyruq bekor qilinadi va Korolkov okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi ostida beriladigan maxsus topshiriqlarni bajarish uchun 1884-yilgacha shu yerda qoldiriladi. Bu davrda Korolkov Zarafshon okrugi boshligʻining yordamchisi va Fargʻona viloyati qoʻshinlari qoʻmondoni yordamchisi lavozimlarini bir necha bor egallaydi, Toshkentdan Gʻulja va Sankt-Peterburgga xizmat safarlarida boʻladi. 1881-yil 1-yanvarga kelib Korolkov general-mayor unvoniga sazovor boʻladi (1882-yil 30-avgustdan ish stajiga ega).
Nikolay Korolkov 1884-yil 24-dekabrda 4-Turkiston yoʻnalishi brigadasi komandiri etib tayinlanadi. 1885-yildan Farg‘ona viloyati hokimi va undagi qo‘shinlar qo‘mondoni lavozimini vaqtincha egallaydi va 1887-yil 26-sentabrda ushbu lavozimga rasman tayinlanadi.
1892-yil 30-avgustda general-leytenant Korolkov Sirdaryo viloyati gubernatori lavozimiga oʻtkaziladi, 1898-yilda boʻlib oʻtgan Andijon qoʻzgʻolonidan soʻng Turkiston gubernatori lavozimini vaqtincha egallaydi. Shuningdek, 1902-yilda Toshkent okrugining faxriy qozisi lavozimini ham bajaradi.
Vafoti
Nikolay Ivanovich Korolkov 1906-yilning 13-fevral sanasida Sankt-Peterburgda vafot etadi va oʻzi tugʻilib-oʻsgan Smolensk qabristoniga dafn etiladi.
Mukofotlari
Mehnat faoliyati davomida Korolkov bir qancha mukofot va ordenlar bilan taqdirlangan:
Xotira
Turkistonda 30 yildan ortiq muddat davomida istiqomat qilgan davrida Oʻrta Osiyo florasini oʻrganish ishlarida katta xizmat koʻrsatgan Nikolay Ivanovich Korolkovning koʻplab oʻsimliklarga nomi berilgan (Rossiya geografiya jamiyati aʼzosi N. I. Korolkov yovvoyi va madaniy floraning oʻsimliklarini yigʻish bilan shugʻullangan).
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org