Nikolay Kopernik




Nicolaus Copernicus (nemischa: Nikolaus Kopernikus; italyancha: Nicolò Copernico; polyakcha: Mikołaj Kopernikⓘ; yoshligida Niclas Koppernigk; 19-fevral, 1473 – 24-may, 1543) — Uygʻonish davrining astronomi va Yerni olam markazidan olib tashlagan geliosentrik kosmologiyani shakllantirgan birinchi inson.

Kopernikning vafotidan oz vaqt avval chop etilgan De revolutionibus orbium coelestium (Osmon sferalarning inqilobi) nomli kitobi koʻpincha zamonaviy astronomiyaning boshlangʻich nuqtasi va fan inqilobini boshlab bergan vahiy deya ataladi. Uning Quyosh olam markaziga joylashtirilgan geliosentrik modeli osmon jismlarining harakati Yerni olam markaziga qoʻymasdan turib tushuntirish mumkinligini isbot qiladi. Bu kashfiyot fan tarixida Kopernik inqilobi deya ataladi.

Uygʻonish davrining buyuk daholari singari Kopernik matematik, astronom, qonunshunoslikda doktor unvoniga ega boʻlgan yurist, shifokor, poliglot, tarjimon, rassom, katolik cherkovining ishchisi, siyosatchi, diplomat va iqtisodchi boʻlgan.

Kopernik Nikolay (polyakcha — Kopernik, lot. Copernicus — 1473.19.2, Torun, Polsha — 1543.24.5, Frambork, Polsha) — polyak astronomi, geliotsentrik sistema asoschisi. 1492—94 yillarda Krakov universitetida, keyinchalik Italiyaning Bolonyadagi universitet va boshqa universitetlarida huquqshunoslik, tibbiyot, astronomiya va mat. fanlarini oʻrgangan. K. zamonasining yetuk astronomlaridan biri boʻlgan. U 1543-yilda "Osmon sferalarining aylanishi haqida" asarini nashr ettirgan. Bu asarda Ptolemeynnng fan va dinda hukmron boʻlib kelgan geotsentrik sistemasini rad qiluvchi geliotsentrik sistemani bayon etgan. K. oʻz sistemasida Yerni oddiy sayyoralardek Quyosh atrofida va oʻz oʻqi atrofida aylanadi degan fikrni ilgari surgan. Geliotsentrik sistemaning toʻgʻriligi tez orada Galiley, Kepler, I. Nyuton kashfiyotlari bilan isbotlangan.

Manbalar




Havolalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz