Nikolay Karamzin




Nikolay Mixaylovich Karamzin [1766.1(12). 12, Orenburg viloyati Mixaylov tumani — 1826.22.5(3.6), Peterburg] — rus yozuvchisi, publitsist, tarixchi. Peterburg FA faxriy aʼzosi(1818). "Moskovskiy jurnal" ("Moskva jurnali", 1791—92) va 2 jildli "Aglay" almanaxi (1794—95)ni nashr ettirgan. 1802-yil "Vestnik Yevropi" ("Yevropa darakchisi") jur.ga asos solgan. Rus adabiyotida sentimentalizm oqimi asoschisi. "Bechora Liza" (1792) qissasi qator milliy adabiyotlarda sentimental sahna va nasr asarlarining paydo boʻlishiga taʼsir koʻrsatgan. "Rossiya davlati tarixi" (1 — 12-jild, 1816—29) yilnomasida Rossiyaning 17-asrgacha boʻlgan tarixini bayon etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz