Nikolay Chipev




Nikolay Chipev (bolgarcha: Николай Чипев; 1989-yil 20-fevralda tug'ilgan; Sofiya, Bolgariya) — bolgariyalik futbolchi. Hozirda „Buxoro“ futbol klubi yarim himoyachisi.

Faoliyati



Nikolay Chipev Sofiyaning SSKA klubi tarbiyalanuvchisi. Chipev professional faoliyatini 2007-yilda aynan shu klubda boshlagan. „Armiyachilar“ tarkibida u bir mavsum o'ynadi. U yerda 21ta o'yin o'tkazdi va birorta ham gol ura olmadi (2008 va 2009-yillarda u „Bero“ va „Sportist“ da ijara asosida harakat qilgan). 2010-yilgi mavsumda Nikolay Chipev Plovdivning "Lokomotiv" klubiga o'tdi va yerda bir mavsum davomida harakat qildi. 12 o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

2011-yilda u Maltaning Hamrun Spartans klubi bilan shartnoma imzoladi. Hamrun Spartans klubi jamoasi tarkibida Chipev 6 oy o'ynadi va to'qqizta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. 2011-yilning ikkinchi yarmida Bolgariyaga qaytib, Montana safiga qo'shildi. 2012-yilda yana ikki marta klubini almashtirib, „Vidima-Rakovski“ va „Slaviya Sofiya“da o'ynadi. Keyingi 2013—2014-yilgi mavsuda u Bolgariyaning turli ligalarda ishtirok etadigan klublari sharafini himoya qildi.

2014-yilning ikkinchi yarmida u Varnaning „Spartak“ jamoasida harakat qildi. 2015-yil boshida Nikolay Chipev Samarqandning „Dinamo“ jamoasi safiga o'tgan. O'sha yilning iyul oyida u O'zbekistonning boshqa klubi — „Buxoro“ga o'tdi.

Terma jamoadagi faoliyati



2006-yilda Nikolay Chipev Bolgariya yoshlar terma jamoasidan taklif oldi. 2008-yilda esa Bolgariya yoshlar terma jamoasiga a‘zo bo'ldi va yoshlar jamoasida sakkizta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Yutuqlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz