Nikolay Bordyuja
Nikoláy Nikoláyevich Bordyúja (ruscha:
Никола́й Никола́евич Бордю́жа ; 1949-yil 20-oktabrda Oryolda tugʻilgan) — rus harbiy va davlat arbobi. General-polkovnik. 1998—1999-yillarda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi, 1998—1999-yillarda Rossiya Prezidenti administratsiyasi rahbari, 2003—2016-yillarda KXShT Bosh kotibi.
Biografiya
Taʼlim
Faoliyati
Strategik raketa kuchlarida hisob-kitob boshligʻi, katta operator lavozimlarida xizmat qilgan.
1976-yildan — xavfsizlik boʻlimi xodimi, maxsus boʻlimning katta xavfsizlik xodimi, partiya qoʻmitasi instruktori, SSSR DXO maxsus boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari.
— 1989—1991-yillar — SSSR DXO Kadrlar boshqarmasi boshligʻi.
— 1991-yil may-dekabr — SSSR DXO 8-bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.
— 1992-yil yanvar-iyun — Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Hukumat aloqalari va axborotlashtirish federal agentligi (HAAFA) Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.
— 1992-yil iyun — 1994-yil dekabr — Rossiya Federatsiyasi chegara qoʻshinlari qoʻmondoni shaxsiy tarkib boʻyicha oʻrinbosari.
— 1994-yil dekabr — 1995-yil aprel — Chegara qoʻshinlari bosh qoʻmondoni shaxsiy tarkib boʻyicha oʻrinbosari
— 1995-yil aprel — 1998-yil yanvar — Rossiya Federatsiyasi Federal chegara xizmati direktorining jangovar tayyorgarlik, oʻquv ishlari va taʼlim muassasalari boʻyicha oʻrinbosari.
— 1998-yil 26-yanvar — 1998-yil 14-sentabr — Rossiya FChX direktori.
— 1998-yil 14-sentabr — 1999-yil 19-mart — Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi.
— 1998-yil 7-dekabr — 1999-yil 19-mart — Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi lavozimini saqlab qolgan holda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari.
— 1999-yil 15-aprel — 27-may — Rossiya Federatsiyasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi.
— 1999-yil iyul-dekabr — Rossiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar boʻyicha elchisi.
— 1999-yil 21-dekabr — 2003-yil 16-aprel — Rossiya Federatsiyasining Daniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2003-yil 28-apreldan 2016-yil 31-dekabrgacha — MDH davlatlarining harbiy tashkiloti - Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Bosh kotibi.
2014-yildan hozirgacha — „Analitika“ shaxs, jamiyat va davlatning tahliliy salohiyatini rivojlantirishga koʻmaklashish assotsiatsiyasi.
2018-yildan hozirgacha — Yevroosiyo axborot-tahlil konsorsiumi muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi.
2021-yilda I. S. Turgenev Oryol davlat universitetining faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi.
Mukofotlar
Xorijiy mukofotlar: Harbiy unvon
Diplomatik daraja
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org