Nikolay Arxangelskiy




Nikolay Porfiryevich Arxangelskiy (1891.1.4. – Toshkent – 1977.11.12) – rus maʼrifatparvari, pedagog-oʻlkashunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1940), SanktPeterburg universitetining tarix-filol. fakultetini tugatgan (1916). 1916-yildan zemstvo maktabida rus tili va psixologiyadan daryo bergan. 1920-yil Fargʻonadagi maktab-kommuna mudiri. 1921-yildan Turkiston Maorif xalq komissarligi ilmiy kengashining ped. hayʼati raisi, Chernishevskiy nomidagi namuna mehnat ish maktabi mudiri, oʻqituvchilar tayyorlash kursi, oʻzbek erlar bilim yurti (inpros)da oʻqituvchi. 1931 – 53 yillarda Oʻzbekiston madaniy qurilish va ped. fanlari ilmiy tadqiqot institutlarida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, direktor. Ped., ped. tarixi, maktabshunoslikka doir kitoblar muallifi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz