Nikolay Aristov




Nikolay Aleksandrovich Aristov (1847 — c. 1903) — rus sharqshunos olim va etnograf.

Etticyv aloqa boshqarmasi qoshida har xil maʼmuriy vazifalarda (1868 — 81) va Yettisuv harbiy gubernatorining yordamchisi lavozimida (1881 — 89) ishlagan. 1883-yildan Rossiya geografiya jamiyatining aʼzosi. Aristov asarlarida qozoq va qirgʻizlarning urugʻ-qabilalari hayoti yoritilgan. Ularda oʻzbek urugʻ va qabilalari haqida ham maʼlumotlar bor. Shuningdek, 19-asr oxiridagi ingliz-afgʻon munosabatlari tarixi, Hindiston bilan chegaradosh afgʻonlarning siyosiy ahvoli va afgʻon xalqining Britaniya mustamlakachilariga qarshi kurashlari ham bayon etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz