Nikolay Apuxtin (balet artisti)




| Nikolay Aleksandrovich Apuxtin (ukraincha: Микола Олександрович Апухтін ; 1924-yil 20-may, Toshkent, Oʻzbekiston — 1996- yil 10-noyabr, Kiyev, Ukraina) — sovet va ukrain balet artisti va baletmasteri, 1945-1966-yillarda Ukrainaning Kiyev opera va balet teatri solisti. Ukraina SSR xalq artisti (1960).

Biografiya



Nikolay Apuxtin 1924-yil 20-mayda Toshkentda (O‘zbekiston) tug‘ilgan.

1934-1942-yillarda Moskvada, soʻngra Leningrad xoreografiya bilim yurtida tahsil olgann.

1945-1966-yillarda Ukrainadagi T. Shevchenko nomidagi Kiyev akademik opera va balet teatrining artisti. Nikolay lirik-romantik plandagi klassik raqqoss boʻlib, ijro etilgan partiyalari: Zigfrid, Dezire, Lukash, Basil, Albert, Spartak, Feb, Giray, Konrad, Menzer, Danila, Stepan, Sofrondan iborat. Uning ijodi ayniqsa duet raqslari bilan tanilgan: „Ukraina balet tarixida oʻziga xos boʻlib, ayniqsa ular orasida Apuxtin va Lidiya Gerasimchuk dueti barchaga maʼlum va mashhurdir“ .

1951-1971-yillar davomida Kiyev xoreografiya maktabida raqsdan dars bergan. 1971-1975-yillarda Berlin balet maktabida oʻqituvchi lavozimida ishlagan. 1972-1978 va 1981-1996-yillarda — P. Virskiy nomidagi Ukraina raqs ansamblining pedagog-baletmasteri.

1978-1981-yillarda Bolsheviklar madaniyat saroyi (Kiyev) xalq raqs ansamblining badiiy rahbari. 1981-1984-yillarda — Kiyev estrada teatrining xoreograf-baletmasteri.

Manba




Adabiyot




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz