Nikolay Andreevich
Nikolay Andreevich Arapov (1847-yil 20-iyul – 1883-yil 21-yanvar)
— otliq polk polkovnigi.
Biografiyasi
1847-yil 20-iyulda Penza viloyati, Nijnelomovskiy tumani, Andreevka qishlogʻida oʻrtacha oilada tugʻilgan. U uyida ota-onasi qaramogʻida yaxshi tarbiya olgan. 1864-yil 16-martda otliq polkida kursant sifatida xizmatga kiradi. Oradan bir yil oʻtib yaʼni 1865-yil 20-iyulda kornetga, 1866-yilda esa leytenant unvoniga koʻtarildi. 1867-yil 14-apreldan – 1869-yil 31-iyulgacha u polk kvartal boʻlimi boshligʻi boʻlib xizmat qilgan.
1868-yilda shtab kapitanligiga, 1870-yilda esa kapitan lavozimiga koʻtariladi. Oʻsha yilning 30-oktyabrida u polk ta'mirchisining yordamchisi etib tayinlanadi. 1872-yil 14-yanvarda esa u ichkilikga berilib ketgani tufayli polkovnik unvoni hamda oʻz ishidan boʻshatiladi.
1883-yil 21-yanvarda Parijda surunkali pnevmoniyadan vafot etadi. Пензе Spaso-Preobrazhenskiy monastiri qabristoniga dafn etiladi .
Oilasi
Andrey Nikolaevich Arapovning ikkinchi oʻgʻli (1807-1874), Penza viloyatining Nijnelomovskiy va Narovchatskiy tumanlari zodagonlarining rahbari, general Ivan Andreevich Arapovning ukasi boʻlgan. Uchala aka-uka ham otliq qoʻshinda xizmat qilgan.
1866-yildan u fahriy xizmatkor Yelizaveta Petrovna Lanskaya (1848 – 1903), general-adyutant Pyotr Petrovich Lanskiy va Natalya Nikolaevnaning kenja qizi bilan turmush qurgan. Shuni taʼkidlash kerakki, aka-uka Arapovlarning xotinlari yaʼni Elizabet va Aleksandra Lanskiy toʻgʻishgan opa-singillar boʻlishgan.
Bolalari Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org