Nikolas Lodeiro




Marselo Nikolas Lodeiro Benites (ispancha: Marcelo Nicolás Lodeiro Benítez; 1989-yil 21-mart, Paysandu) – urugvaylik professional futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi. Hozirda Amerikaning Sietl Saunders klubi va Urugvay milliy futbol terma jamoasi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati




Lodeiro dastlab „Barrio Obrero“ klubida futbol oʻynay boshlagan. Uning 2003-yilda Nacional yoshlar jamoasiga kelishiga skaut Daniel Lopes yordam bergan. U yoshlar terma jamoalarida oʻtkazgan toʻrt-yil davomida 17 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi mamlakat chempionligini qoʻlga kiritadi. 2007-yildan keyin u ushbu jamoaning asosiy tarkibida oʻynay boshlagan. 2007-yilning 19-avgustida boʻlib oʻtgan „Feniks“ klubi bilan oʻyinda Lodeiro oliy divizionda debyut qiladi. Nacional tarkibida 2008-yilgi Liguilla gʻolibi va 2008/09-yilgi mavsumda Urugvay chempionligini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, 2008/09-yilgi mavsumda uning klubi Libertadores kubogi yarim finaliga ham chiqadi. 2010-yilning yanvarida Lodeyro 4 million yevro evaziga „Ayaks“ga transfer qilinadi. 2010-yilning 7-fevralida u „Ayaks“ safida "Tvente"ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushish orqali debyut qiladi.

Lodeiro 2008/09-yilgi mavsumda Urugvay U20 terma jamoasida oʻynagan, 11 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. 2009-yilda 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etadi, ushbu musobaqada uning jamoasi 3-oʻrinni egallaydi va u 3 ta gol uradi. Oʻsha yili U20 jahon chempionati saralashida Urugvay terma jamoasi 1/8 finalda magʻlub boʻladi. Ushbu turnirda u 2 gol uradi va jamoa sardori sifatida qatnashadi. Lodeiro 2009-yilning noyabr oyidan beri Urugvay kattalar futbol terma jamoasida oʻynamoqda va oʻsha yilning noyabr oyida Kosta-Rika terma jamoasi bilan ikkita oʻyin oʻtkazadi. Kosta-Rikaga qarshi bahs JCh-2010 saralashi doirasidagi pley-off oʻyinlaridan biri boʻlib, ikkita uchrashuvning yakuniga koʻra Urugvay JChga yoʻllanma oladi.

Urugvayning JCh-2010 dagi Fransiyaga qarshi kechgan mundialdagi birinchi oʻyinida Lodeiro 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushadi, ammo 81-daqiqadayoq u ikkita sariq kartochka olib maydondan chetlatiladi va ushbu turnirda chetlatilgan birinchi futbolchiga aylandi. Qolaversa, urugvaylik futbolchi birinchi ogohlantirishini maydonga tushganidan 2 daqiqa oʻtib oladi. Shundan soʻng Lodeiro 1/8 finalda Janubiy Koreyaga qarshi, 1/4 finalda Ganaga qarshi kechgan bahslarda maydonda harakatlanadi. Oʻsha oʻyinda Lodeiro oʻng oyogʻining suyagi sinishi natijasida jiddiy jarohat oladi va uzoq vaqtga safdan chiqadi.

2011-yilning 21-yanvarida „Ayaks“ bosh murabbiyi Frank de Bur Lodeiro keyingi bir oy ichida mashgʻulotlarga qaytishiga umid bildiradi. Lodeyro 2011-yilgi Amerika Kubogida tiklanishga muvaffaq boʻldi va uning gʻolibiga aylandi, lekin u asosiy tarkib oʻyinchisi emas edi va faqat zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushdi. 2011/12-yilgi mavsumda Lodeiro asta-sekin jarohatidan toʻliq forigʻ boʻldi va 2011-yilning noyabr oyidan muntazam ravishda „Ayaks“ safiga qoʻshila boshladi. 2012-yilning fevraliga kelib, Nikolay allaqachon Amsterdam klubining asosiy jamoasi oʻyinchisiga aylangan edi – u „Ayaks“ uchun 13 ta oʻyin oʻtkazdi, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Biroq 2012-yilning yozida u faoliyatini Braziliyada davom ettirishga qaror qiladi va „Botafogo“ bilan 2016-yilgacha shartnoma imzoladi. 2014-yil boshida CSKA futbolchiga qiziqish bildira boshladi, biroq Botafogo taklif qilingan 10 million yevroni rad etdi. 2015-yilning 5-fevralida Lodeiro „Boka Xuniors“ futbolchisi sifatida taqdim etiladi. Yangi klubida u 10-raqamni oladi.

2016-yilning 27-iyulida Lodeiro MLSning Sietl Saunders klubiga kelib qoʻshiladi. U Shimoliy Amerika ligasidagi debyutini 31-iyul kuni Los-Anjeles Gelaksiga qarshi oʻyinda oʻtkazadi. U „Sietl Saunders“ safidagi ilk golini 14-avgust kuni „Real Solt Leyk“ ga qarshi oʻyinda kiritadi. Lodeiro 2016-yilgi mavsumini toʻrtta gol va sakkizta golli uzatma bilan yakunlaydi. Futbolchi Saundersga Gʻarbiy konferensiyada toʻrtinchi oʻringa koʻtarilishga yordam beradi, shu tufayli u MLSda yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topiladi. 10-dekabr kuni MLS kubogi 2016 oʻyinida Sietl asosiy va qoʻshimcha vaqtlarda golsiz durangdan soʻng Torontoni penaltilar seriyasida magʻlub etadi.

U 2019-yilgi MLS yulduzlar oʻyini uchun tanlangan qatorida boʻlgan, unda liga yulduzlari Atletiko Madrid bilan toʻqnash kelishadi.

2019-yilning yozida Nikolas Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilinadi. Guruhdagi birinchi oʻyinda Ekvadorga qarshi kechgan bahsda u 6-daqiqada gol uradi va jamoasi 4:0 hisobidagi ishonchli gʻalaba keltiradi.

2020-yilgi mavsumda u 10 ta golga assistentlik qiladi va golli uzatmalar boʻyicha liga peshqadamlaridan biriga aylanadi va buning uchun u MLS ramziy jamoasiga kiritiladi.

Jamoaviy yutuqlari



Nacional FC

Ayaks FC

Urugvay terma jamoasi

Boka Xunior

Sietl Saunders

Shaxsiy yutuqlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz