Nikola Moro
Nikola Moro ( talaffuzi: Nikola Moro) (1998-yil 12-martda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Rossiya Premer-ligasidagi Moskvaning “Dinamo” klubi va Xorvatiya terma jamoasidan ijara asosida Serie A “Bologna” klubida yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Dinamo Zagreb
Olti yoshida futbol oʻynashni boshlagan va 11 yoshida Zagrebga koʻchib oʻtgan. „Hajduk Split“ muxlisi boʻlgan Nikolaning otasi Miro uni Hajduk akademiyasida oʻynahsini xohlagan, lekin Nikola Dinamo Zagreb akademiyasiga borgan. Nikola 2014-yilda yoshlar akademiyasidan Zagrebning „Dinamo“ jamoasiga qoʻshilgan.
Moro 2016-yil may oyida „Lokomotiv“ga qarshi oʻzining ligadagi debyutida oʻtkazgan. U Chempionlar ligasidagi debyutini 7-dekabr kuni safarda „Juventus“ga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. 2017-yilning 22-fevralida u 2022-yilgacha yangi shartnoma imzolagan.
2018-yil 27-mart kuni Moldova U21 terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan xalqaro oʻyinda u oldingi xoch bogʻlamidan jarojat olgan. Nikola jamoaga 26-sentyabr kuni Xorvatiya kubogi doirasidagi „Sloga Mravince“ga qarshi oʻyinda qaytgan. U Yevropa Ligasidagi debyutini 2019-yilning 14-fevralida „Viktoriya Plzen“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan.
6-noyabr kuni Chempionlar ligasining hal qiluvchi oʻyinida Donetskning „Shaxtyor“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Nikola 74-daqiqada „Shaxtyor“ darvozasiga gol kiritib hisobni 3:3 boʻlishini taʼmilagan. Bu natija „Dinamo“ni toʻgʻridan-toʻgʻri pley- off bosqichiga olib chiqgan.
Dynamo Moskow
2020-yil 17-avgustda Nikola Rossiya Premer-ligasi klubi Dynamo Moskow bilan besh yillik shartnoma imzolagan. U ikki kundan soʻng " Rostov " ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan, 69-daqiqada Daniil Fomin oʻrniga maydonga tushgan. 18-oktyabr kuni u klub uchun birinchi golini urgan.
Bologna
2022-yilning 29-avgustida Moro Italiyaning „Bologna“ klubiga 2022-23-yilgi mavsum oxirigacha sotib olish huquqi bilan ijaraga berilgan.
Xalqaro faoliyat
Xorvatiyani U16, U17 va U19 toifalarida himoya qilgan Nikola Moro 2015-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatining chorak finalida Maliga yutqazib qoʻyishgan. U, shuningdek, Xorvatiya U21 terma jamoasini 2019 va 2021-yillardagi UEFA U-21 Yevroda himoya qilgan.
U Xorvatiya terma jamoasiga birinchi chaqiruvini 2021-yil 16-avgustda, sentyabr oyida Rossiya, Slovakiya va Sloveniyaga qarshi jahon chempionati saralashi oldidan olgan. Biroq, Nikola 2022-yilning 29-martida Bolgariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:1) debyut qilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlari
Dinamo Zagreb Manbalar
uz.wikipedia.org