Nikola Katić
Nikola Katić (talaffuzi: Nikola Katich)(1996-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Zürich klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Ilk faoliyat yillari
Katić futbolchilik faoliyatini 2001-yilda oʻzi tugʻilgan Stolac shahridagi HNK Stolac jamoasida boshlagan. Stolac jamoasiga oʻtgunga qadar Katić Xorvatiyaning Opuzen shahridagi NK Neretvanac havaskorlar jamoasida oʻynagan. Stolacda bir yil oʻynagach, Katić HNK Hajduk Split bilan muzokaralar oʻtkazgan lekib transfer amalga oshmagan. Bir yil oʻtgach, u yuqori divizondagi NK Slaven Belupo jamoasiga oʻtgan. Dastlab asosan zahira jamoasida ishtirok etgan Katić 2016/17-yilgi mavsumda klubning birinchi tarkibiga qoʻshilgan.
Rangers
2018-yil iyun oyida Katić Slavenni tark etib, nomaʼlum transfer evaziga Shotlandiya Premer-ligasining „Rangers“ klubiga toʻrt yillik shartnoma asosida qoʻshilgan.
2019-yilning 29-dekabrida Katić „ Rangers“ safidada „Celtic“ga qarshi oʻyinda (2:1) maydonga tushgan va jamoasining gʻalaba toʻpini kiritgan, bu „Rangers“ga Celtic ustidan 2010-yildan buyon ilk qozonilgan gʻalababoʻlgan.
FC Zürich
2022-yil 31-avgustda Katić Shveysariya Superligasi klubi „FC Zürich“ga nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilgan.
Xalqaro faoliyati
Katić 2017-yilda Avstriya va Sloveniyaga qarshi oʻynagan Xorvatiyaning 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamosida maydonga tushgan. Katić 2017-yilning may oyida Xorvatiya terma jamoasiga chaqirilgan va Meksikaga qarshi oʻyinda (2:1) Ivan Santini oʻrniga zahiradan maydonga tushib kattalar terma jamosida xalqaro maydonda debyut qilgan.
U Xorvatiya terma jamoasining UEFA U-21 Yevro-2019 uchun qaydnomasiga kiritilgan. Xorvatiya Ruminiya va Fransiyaga magʻlub boʻlgan hamda Angliya bilan durang oʻynagan holda guruhda oxirgi oʻrinni egallagan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlari
Hajduk Split Manbalar
uz.wikipedia.org