Nikol Sherzinger




Nicole Scherzinger (talaffuzi: Nikol Sherzinger; tugʻilgan paytidagi ismi Nicole Prascovia[lower-alpha 1] Elikolani Valiente (talaffuzi: Nikol Praskovya Elikolani Valiente); 29-iyun 1978-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi va aktrisadir. U Hawaiʻining Honolulu shahrida tugʻilgan va Kentucky shtatining Louisville shahrida oʻsgan. 14 yoshida aktrisa oʻlaroq faoliyatini boshlagan. Musiqali teatr boʻyicha Wright davlat universitetida oʻqigan. Musiqada karyerasini boshlamoqchi boʻlgan Scherzinger kollejni tashlab ketdi va Amerika rok guruhi Days of the New bilan gastrol safarlarida boʻldi. Bungacha The WB telekanali orqali efirga uzatilgan Popstars shousida tuzilgan qizlardan iborat guruh — Eden's Crushning aʼzosi oʻlaroq ancha-muncha tanilgan edi.

Filmlarda kichik rollarni oʻynaganidan soʻng, Scherzinger hamma vaqtlarning eng muvaffaqiyatli qizlardan iborat musiqiy guruhlaridan biri boʻlmish the Pussycat Dollsning bosh vokalisti oʻlaroq shuhrat qozondi. Uning guruhdagi roli boshqa aʼzolarga nisbatan yaqqol ajralib turishi guruhda ichki nizolarga sabab boʻlib, 2009-yilga kelib guruh tarqalib ketishiga olib keldi. Scherzinger guruhdan tashqarida xonanda sifatidagi muvaffaqiyatli karyerasini davom ettirish uchun kurashdi. U yakkaxon xonanda oʻlaroq ilk bor Her Name is Nicole mini-albomi ustida ishladi, biroq ushbu mini-albom omma eʼtiboriga havola etilmadi. Keyinchalik, biroz muvaffaqiyatli boʻlgan ikkita studiyaviy albom (2011-yilda Killer Love va 2014-yilda Big Fat Lie) chiqardi (Killer Love albomi „Poison“, „Right There“ va „Donʼt Hold Your Breath“ kabi hit ashulalarni oʻz ichiga oladi).

Scherzinger 2010-yilda Dancing with the Stars shousida qatnashib, unda gʻolib boʻldi. Shuningdek, The Sing-Off (2009—2010), The X Factor US (2011), The X Factor UK (2012-2013, 2016-2017) ning toʻrtinchi mavsumi va Australia's Got Talent (2019) kabi koʻplab televizion isteʼdodlar shoularida hakam oʻlaroq ishtirok etdi. U, shuningdek, West End teatrida 2014-yili sahnalashtirilgan Cats myuziklida rol ijro etdi, Disney mahsuloti boʻlgan Moana (2016) animatsion filmi qahramonlaridan biriga ovoz berdi, Dirty Dancing (2017) va Annie Live! (2021) teleseriallarida suratga tushdi. 2016-yili Scherzinger The Masked Singer shousida haʼyat aʼzosi sifatida paydo boʻldi hamda tarqalib ketgan Pussycat Dolls guruhi bilan turne oʻtkazish uchun qayta birlashdi.

Shu kungacha Scherzinger yakkaxon xonanda oʻlaroq 16 milliondan oshiq audioyozuv sotdi hamda tegishli toifalarda Grammy va Laurence Olivier mukofotlariga nomzod boʻldi. U, shuningdek, Maxsus Olimpiada elchisi va UNICEF UK dastaklovchisi sifatida ham faoliyat yuritdi.

Diskografiyasi




Filmografiyasi




Izohlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz