Niklas Stark




Niklas Stark (1995-yil 14-aprelda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliga klubi Verder Bremen va Germaniya terma jamoasida markaziy himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



FC Nürnberg



Stark Bundesligadagi debyutini 2013-yilning 27-aprelida „Xoffenxaym“ga qarshi oʻyinda oʻtkazadi U asosiy tarkibda 21 oʻyinda va zaxiradan esa 2 ta oʻyinda maydonga tushdi. U bu oʻyinlarda gol ura olmadi. Shunga qaramay, 2014—2015-yilgi mavsumda Stark birinchi va ikkinchi jamoalarda oʻynadi. U asosiy tarkibda 26 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol uradi. Uning Nürnberg libosidagi soʻnggi oʻyini 2015-yil 23-avgustda VfL Bochumga qarshi oʻyinda boʻldi, chunki u ertasi kuni Gerta BSC jamoasiga oʻtadi.

Hertha BSC



Stark 2015-yilning 24-avgustida Hertha BSC bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U 12-sentabr kuni VfB Shtutgartga qarshi oʻyinda (2:1) 73-daqiqada Salomon Kalou oʻrniga zaxiradan maydonga tushib debyut oʻyinini oʻtkazdi. U tezda oʻzini asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida koʻrsatishga muvaffaq boʻldi, lekin 2015-yilning oktyabrida jarohati tufayli omadsizlikka uchradi. U 2016-yilning 11-martida „Hertha“ safida Bundesligadagi ilk golini "Schalke 04" ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi.

Keyingi mavsumlarda u ham jamoaning bir qismiga aylandi va oʻzining ilk yevropa oʻyinlarini ham oʻtkazdi. Hertha ikki marta UEFA Yevropa Ligasiga yoʻllanma oldi, lekin har ikki safar ham musobaqadan erta chiqib ketdi. „Hertha“da u nafaqat markaziy himoyachi, balki himoyaviy yarim himoyachi sifatida ham maydonga tushdi.

2022-yilning 31-martida Starkning amaldagi shartnomasi uzaytirilmasligi va 2021—2022-yilgi mavsumdan soʻng „Hertha“ni erkin agent sifatida tark etishi eʼlon qilindi.

Werder Bremen



2022-yil 28-may kuni Bundesligaga yangi koʻtarilgan Bremenning „Verder“ klubi 2022—2023-yilgi mavsum uchun Stark bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Xabar qilinishicha, u toʻrt yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati



2019-yilning 15-mart kuni Stark oʻz faoliyatida ilk bor Germaniya terma jamoasiga terma jamoa bosh murabbiyi Yoaxim Lyov tomonidan chaqiruv oldi. U 2019-yilning 19-noyabrida Shimoliy Irlandiyaga qarshi Yevro-2020 saralash bahsida 65-daqiqada Lukas Klostermanni oʻrniga zaxiradan maydonga tushib debyut oʻyinini oʻtkazgan.

Faoliyati statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



Germaniya

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz