Niklas Dorsch
Niklas Bernd Dorsch (1998-yil, 15-yanvarda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Augsburg klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Bayern Munich
2015-yil, 2-sentabrda
Niklas Bernd Dorsch 2016-yilning 30-iyuniga qadar bir yillik shogirdlik shartnomasini imzoladi, so‘ngra 2016-yil, 1-iyuldan 2018-yil 30-iyungacha ikki yillik to‘liq professional shartnoma imzoladi.
2015-16-yilgi mavsumda Dorsch Bayern Munich II jamoasiga qoʻshildi va 2016-yilning 5-martida Bayern Munich mintaqaviy ligasida Wacker Burghausenga qarshi safarda 0:1 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻlgan holda debyut qildi. Dorsch 2016-17-yilgi mavsumning birinchi o‘yinida o‘rinbosarlar jamoasidagi ilk golini 2016-yilning 17-iyulida FV Illertissen klubiga qarshi o‘z uyida 2:1 hisobida jamoasi bilan g‘alaba qozongan o‘yinning 7-daqiqasida hisobni ochgandi. Keyingi mavsumda Dorsch ikkinchi jamoa sardoriga aylandi.
2017-18-yilgi mavsumda Dorsch Bundesligadagi debyutini 2018-yilning 28-aprelida Frankfurtning Eintrachtiga qarshi o‘z uyida 4:1 hisobida yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan edi. Uchrashuvning 43-daqiqasida Dorsch Sandro Wagnerning golli uzatmasi orqali hisobni ochdi.
1. FC Heidenheim
2018-yil, 23-may kuni
Niklas Bernd Dorsch ikkinchi Bundesliganing FC Heidenheim bepul transfer asosida oʻtdi, u klub bilan 2021 yilning 30 iyuniga qadar uch yillik shartnoma tuzdi.
Gent
2020-yil, 22-iyulda Dorsch Belgiyaning birinchi divizioni KAA Gent jamoasiga o‘tib, to‘rt yillik shartnoma imzoladi.
FK Augsburg
2021-yil, 8-iyulda Dorsch Bundesliganing Augsburg jamoasiga qo‘shildi va 2026-yilning 30-iyuniga qadar besh yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Klub
2021-yil, 10-dekabr holatiga ko'ra
Manbalar
uz.wikipedia.org