Nikita Zaitsev
Nikita Igorevich Zaitsev (talaffuzi: Nikita Igorevich Zaytsev) (ruscha: Никита Игоревич Зайцев) (1991-yil 29-oktyabrda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkey himoyachisi. Nikita Zaitsev hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) jamoasi „Ottawa Senators“ xokkey klubida oʻynamoqda.
Oʻyin faoliyati
KHL
Nikita Zaitsev „Sibir Novosibirsk“ xokkey klubi tarkibiga Kontinental xokkey ligasining (KHL) 2009-yilgi KHL oʻsmirlar loyihasida birinchi bosqichda toʻrtinchi oʻrinda tanlov asosida qabul qilindi. Nikita Zaitsev bir necha oydan keyin klubdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Nikita Zaitsev „Sibir Novosibrsk“ xokkey klubi safida toʻrt mavsum oʻynadi. Shundan soʻng, Nikita Zaitsev „CSKA Moscow“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Klubdagi oʻyinlari bilan Nikita Zaitsev xalqaro klublar eʼtiborni jalb qila boshladi.
2015-yilning yozidan NHL vakili „Toronto Maple Leafs“ xokkey jamoasi Zaitsevga qiziqa boshladi. Keyingi mavsumning pley-off bosqichida Nikita Zaitsev klubdagi barcha himoyachilardan koʻra koʻproq ochko jamgʻardi.
NHL
Toronto Maple Leafs 2016-yil 2-mayda Zaitsev „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan bir yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Nikita Zaitsev 2-oktyabr kuni klub bilan mavsumoldi ilk oʻyinini „Montreal Canadiens“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (3:2 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi. qozondi. 2016-yil 12-oktyabrda Zaitsev NHLdagi rasmiy debyutini „Ottawa Senators“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:4 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi. Nikita Zaitsev NHLdagi birinchi golini 2016-yil 17-dekabrda „Pittsburg Penguins“ xokkey jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi.
2017-yil 2-mayda Zaitsev „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan 31,5 million dollarlik (yillik oʻrtacha qiymati) yangi yetti yillik shartnoma imzoladi.
2017—2018-yilgi mavsumda Zaitsev 2017-yil 17-dekabrda jarohat olib zaxiraga (IR) olindi. Nikita Zaitsev IRga joylashtirilgunga qadar „Toronto Maple Leafs“ klubi bilan 18 oʻyinda 7 ochko toʻpladi. Nikita Zaitsev 17 ta oʻyinni oʻtkazib yuborganidan soʻng, 2018-yilning 30-yanvarida „New York Islanders“ xokkey klubiga qarshi oʻyin uchun safga qaytdi.
Ottawa Senators 2019-yil 1-iyulda Nikita Zaitsev (Connor Brown va Michael Carcone bilan birga) „Ottawa Senators“ xokkey klubi aʼzolari Cody Ceci, Ben Harpur, Aaron Luchukar evaziga almashtirildi. 2022-yil 18-noyabrda Nikita Zaitsev klubning AHL filialiga yuborildi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org