Nikita Rafalovich




Nikita Igorevich Rafalovich (1993-yil 10-oktabrda tugʻilgan) — oʻzbek taekvondochisi (3-dan). O‘zbekiston Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi.

Sport faoliyati



Toshkent taekvondosi maktabi ta’limini olgan. 2009-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori sanaladi.

2014-yilgi Osiyo chempionati bronza medali va 2015-yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori .

Ochiq Avstraliya (1-o‘rin 2014-yil), Qatar (1-o‘rin, 2015-yil), Koreya (2-o‘rin, 2014-yil) kabi bir qancha xalqaro turnirlar g‘olibi va sovrindori.

Shuningdek, Nikita 2018-yilgi Osiyo o'yinlari g‘olibi hamdir.

U Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida birinchi bahsdayoq bo‘lajak bronza medali sovrindori tunislik Ussame Ueslatiga imkoniyatni boy berib qo‘yadi.

2022-yilda Koreya Respublikasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Nikita Rafalovich 87 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ladi. Finalda u iordaniyalik Faxed Sbeyxi ustidan g‘alaba qozonadi.

Eslatmalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz