Nikelin




Nikelin , qizil nikel kolchedan i — arsenidlar sinfiga man-sub mineral. Kimyoviy tarkibi NiAs. Aralashma sifatida So, Fe, Sb, S va boshqa boʻladi. Geksagonal singoniyali kri-stallari kam uchraydi, koʻpincha dona-dor yaxlit yoki tayoqchasimon massalar hosil qiladi. Rangi och qizil, metal-lsimon yaltiroq. Qattiqligi minera-logik shkala boʻyicha 5,5—6,0. Zichligi 7600–7800 kg/m3. Elektr tokini yaxshi oʻtkazadi. N. magmatik va gidrotermal mis-nikel-kumush va uran-vismutli rudalarda uchraydi. Yer yuzasidagi katlam sharoitlarida osongina ikkilamchi mineral annabergitga aylanadi. Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Kanada va boshqa mamlakatlarda uchraydi. Kattaroquyumlari toʻplangan joyda nikel olish uchun muhim ruda hisoblanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz