Nikaho (Akita)




Nikaho (yaponcha: にかほ市 Nikaho-shi?) Yaponiyaning Akita prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 31-dekabr holatiga koʻra, shaharda 9371 xonadonda 24291 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 100 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 241,13 kvadrat kilometr (93,10 mi²) ga teng.

Geografiyasi



Nikaho Akita prefekturasining eng janubi-gʻarbiy burchagida joylashgan boʻlib, gʻarbda Yapon dengizi va janubda Yamagata prefekturasi bilan chegaradosh. Shaharning bir qismi Chokai Kvazi-milliy bogʻi chegaralarida joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar




Iqlimi



Nikaho nam subtropik iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hudud iqlimiga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Nikaxoda oʻrtacha yillik harorat 13,0 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1877 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24,4 °C, eng past harorat esa yanvarda, −0,9 °C atrofida boʻladi.

Demografiyasi



Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Nikaho aholisi soni soʻnggi 30 yil ichida kamayib bormoqda.

Tarixi



Edo davrida hozirgi Nikaho hududi Tokugava syogunati ostida Kubota domenini boshqargan Satake sulolasi hukmronlik qilgan qadimgi Ugo viloyatining bir qismi boʻlgan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, u 1878-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan Yuri tumani, Akita prefekturasi tarkibiga kiritildi. Hirasava qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda tashkil etilgan va 1902-yil 4-iyunda shaharcha maqomiga koʻtarilgan. 1955-yil 31-martda Koide va Innai qishloqlari bilan birlashgandan soʻng uning maqomi Nikaho shahriga oʻzgartirildi.

Nikaho shahri 2005-yil 1-oktabrda qoʻshni Kisakata va Konoura shaharlari bilan qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.

Hukumat



Nikaho toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Akita prefekturasi assambleyasiga bir aʼzo qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining 3-Aichi tumani tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti




Nikaho iqtisodiyoti baliq ovlash tijorati va qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Sanoat asosi TDK elektronika firmasining yirik zavodini oʻzida qamrab oladi.

Taʼlim tizimi



Nikahoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va uchta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Akita prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.

Transporti



Temir yoʻl



Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Uetsu magistral liniyasi

Magistral yoʻl




Chokai togʻi



Chokay togʻi Akita prefekturasi va Yamagata prefekturasi oʻrtasidagi chegarada joylashgan faol boʻlmagan vulqondir. U 2236 metr balandlikka ega boʻlib, Tohoku hududidagi ikkinchi eng baland togʻ hisoblanadi. Bu togʻ changʻichilar, sayyohlar va alpinistlar orasida mashhur.

Akita tomondan Chokai togʻiga chiqish uchun ikkita asosiy yoʻl bor. Bitta yoʻl boshi Nikaho shimolidagi Akitadagi Yurihonjo shahrida boshlanadi. Ikkinchisi, Nikahoda, Nakajima toʻxtash joyidan boshlanadi. Nakajimadan bir tomonlama harakatlanish odatda 4 soat davom etadi va Yaponiya dengizi qirgʻoqlari hamda Nikaho hududining yam-yashil oʻsimliklarining ajoyib manzaralarini koʻrish imkonini beradi.

Togʻning oʻziga xos Alp togʻlari oʻsimliklari dunyosi bor, masalan, Chokai qushqoʻnmasi yoki Chōkai Fusuma (yaponcha: チョウカイフスマ?) oʻsimliklari shunday endemiklar sirasiga kiradi.

Mahalliy hunarmandchilik, sanʼat va oziq-ovqat




Qardosh shaharlar bilan munosabatlari




Nikahoning taniqli odamlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz