Nik Jonas




Nicholas Jerry Jonas (talaffuzi: Nikolas Jerri Jonas; 1992-yil 16-sentabrda tugʻilgan) — amerikalik qoʻshiqchi, aktyor va bastakor. Jonas Brothers pop-guruhi aʼzosi.

Hayoti



Nick Jonas 1992-yil 16-sentabrda Texas shtatining Dallas shahrida musiqachi va bastakor Paul Kevin Jonas va Denise Jonas (qizlik familiyasi: Miller) oilasida tugʻilgan. Uning ikkita akasi (Joe va Kevin) va bitta ukasi (Frankie) bor.

Karyerasi



Nick aktyorlik faoliyatini 2009-yilda Disney Channel telekanalida efirga uzatilgan Jonas teleserialida bilan boshlagan. 2017-yilda u Jumanji: Changalzor chorlovi filmida Seaplane McDonough rolini oʻynadi.

Shaxsiy hayoti



2006-yil iyun oyida u amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi Miley Cyrus bilan birinchi marta uchrashdi, shundan soʻng ular uchrashishni boshlaydilar. Juftlik 2007-yil dekabr oyida ajralishdi.

2009-yil oxirida Jonas Selena Gomez bilan qisqa muddat uchrashdi, ular bir-birlariga vaqt yoʻqligi sababli ajralishdi.

2011-yil yanvaridan 2012-yil mayigacha Jonas avstraliyalik model va qoʻshiqchi Delta Goodrem bilan uchrashdi. Ammo juflik oradan maʼlum vaqt oʻtgach ajralishdi.

2013-yil iyun oyida Jonas amerikalik model Olivia Culpo bilan uchrashishni boshladi. 2015-yil iyun oyida juftlik ajralishdi.

2018-yilda Jonas aktrisa Priyanka Chopra bilan uchrashishni boshladi. Ular 2018-yil 18-iyulda Chopraning tugʻilgan kunida unashtirildi. Juftlik 2018-yil 1-dekabrda Chopraning vatani Hindistonda turmush qurishdi. 2022-yil 21-yanvarda er-xotin surrogatlik orqali qiz farzand koʻrishdi.

Filmografiyasi




Diskografiyasi



Yakkaxon albomlari

The Administration bilan birga

Jonas Brothers bilan birga

Turlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz