Nijat Abasov
Nijat Azad oʻgʻli Abasov (1995-yil 14-may) — ozarbayjonlik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster. 2020-yil fevral oyida eng yuqori renyting ballga 2670 ballga yetdi va u Ozarbayjonda 3-oʻrinni, dunyoda esa 67-oʻrinni egalladi.
Dastlabki yillar
Abasov 2009-yilda xalqaro sport ustasi unvoni bilan taqdirlangan. U grossmeyster unvoni uchun zarur boʻlgan uchinchi va yakuniy normani 2010-yil dekabr oyining oxirida Ozarbayjon birdamlik kuni tadbirida qoʻlga kiritgan, shuningdek birinchi oʻrinni egallagan . 2011-yilning fevralida FIDE unvon topshirgan .
Professional faoliyati
2015-yil noyabr oyida Abasov 2016-yilgi Tata Steel Challenger turniriga yo‘llanma olish uchun Veyk-an-Zi shahrida bo‘lib o‘tgan Cultural Village turnirida g‘olib chiqqan. Abasov Boku shahrida boʻlib oʻtgan 42-shaxmat Olimpiadasida Ozarbayjon 2 jamoasida ishtirok etdi. U 13 oʻyindan 6½ ochko toʻpladi . 2016-yil dekabr oyining oxirida u Viktor Laznička, Dennis Vagner, Kristian Bauer va Mateush Barteldan tay-breyk boʻyicha Zurich Rojdestvo ochiq chempionatida gʻolib chiqdi. 2017-yilda Abasov shaxmat bo‘yicha Ozarbayjon chempionatida ham, Baku Open turnirida ham g‘olib boʻldi.
2019-yil oktyabr oyida Nijat FIDE Grand Shveysariya turnirida 6,5 ochko (+2=9-0) olib, 154 nafar o‘yinchi orasida 15-o‘rinni egalladi. Oʻsha yilning noyabr oyida Abasov jahon reytingida 93-oʻringa koʻtarildi va faoliyatida birinchi marta FIDE Top 100 roʻyxatiga kirdi.
Eslatmalar
Havolalar
uz.wikipedia.org