Nigeriya ayollar futbol ligasi
Nigeriya ayollar futbol ligasi yoki
NWFL Premier-ligasi (oldingi nomi
Nigeriya Ayollar Premier-ligasi ) Nigeriyadagi ayollar assotsiatsiyasi futboli uchun eng yuqori darajadagi ligadir.
Nigeriya ayollar futbol ligasi Nigeriya Professional Futbol Ligasi (NPFL)ning ayollar futbolidagi ekvivalenti.
Nigeriya ayollar futbol ligasi (NWFL) Nigeriya Ayollar Premer-ligasi va Nigeriya Ayollar Pro-ligasida tashkil topgan. 2017-yilning noyabrida Aisha Falode Nigeriya ayollar futbol ligasi boshqaruvi raisi etib saylandi va 2018-yilning yanvarida bu lavozimga rasman tayinlandi.
Tarixi
Nigeriyada ayollar futboli 1978-yilda NIFFOA (Nigeriya Ayollar Futbol Tashkilotlari Assotsiatsiyasi) tashkil etilishi bilan boshlangan. Bu tashkilot 1979-yilda NIFFPA (Nigeriya Ayollar Futbol Mulkdorlari Assotsiatsiyasi) deb oʻzgartirilgan va unga Jegede Babes, Ufuoma Babes, Larkanfo Babes kabi yangi klublar qoʻshilgan.
Nigeriya ayollar futbol ligasi doirasida birinchi chempionat 1990-yilda NFA tomonidan tashkil etilgan. Ufuoma Babes 1990-yillarda, 1997 va 1902-yillar oraligʻida ligada gʻolib chiqqan.
Qayta nomlash
2020-yil 5-mart kuni Nigeriyadagi professional ayollar futbol assotsiatsiyasining boshqaruv organi Aisha Falode boshchiligidagi yangi logotipni tayyorlab, Nigeriya ayollar futbol ligasining uchta bosqichi nomini oʻzgartirib, ayollar ligasining brendini oʻzgartirilishini eʼlon qildi.
Natijada Nigeriya Ayollar Premer-ligasi endi
NWFL Premiership deb nomlanadi, ikkinchi darajali liga
NWFL chempionati (oldingi nomi
NWFL Pro-Ligasi ) deb nomlanadi, uchinchi darajali diviziya nomi esa
NWFL Nationwide (oldingi nomi
NWFL havaskorlar ligasi )ga aylanadi.
Formati
Har bir guruhdagi eng yaxshi jamoalar (baʼzan 1, 2 yoki 3) liganing umumiy gʻolibini aniqlash uchun muntazam mavsum oxirida superturnir tashkil qiladi. Oxirgi oʻrinni egallagan jamoalar odatda ikkinchi ligaga tushib ketishadi, quyi diviziondan yuqori oʻrin olgan jamoalar esa yuqori ligaga qabul qilinadi.
Chempion jamolar roʻyxati
Chempion jamoalari rertingi
Eng yaxshi futbolchilar
Eng yaxshi toʻpurar
Mavsumning eng yaxshi futbolchilari
Izohlar
Yana qarang
Manbalar
Izohlar
Havolalar
uz.wikipedia.org