Niels Henrik Abel




Niels Henrik Abel (talaffuzi: Nils Henrik Abel; 1802-yil 5-avgust — 1829-yil 6-aprel) — norvegiyalik matematik, turli sohalarga yirik hissa qoʻshgan. Eng muhim hissalaridan biri, radikallarda umumiy kvintik tenglamani yechish mumkin emasligini koʻrsatuvchi birinchi toʻliq dalilni ishlab chiqqan. Bu yashagan davrdagi eng muhim yechilmagan masalalardan biri boʻlib, 250 yildan ortiq vaqt davomida yechimsiz qolib kelayotgan boʻlgan. Abel, shuningdek, elliptik funktsiyalar sohasida yangiliklarni kiritgan, Abel funksiyalarini kashf etgan . Olim qashshoqlikda yashayotganida ilmiy kashfiyotlarni qilgan. 26 yoshida sil kasalligidan vafot etgan.

Oslo va Gjerstadda Abelga haykallar oʻrnatilgan. Abel portreti Norvegiyaning 500 kronlik banknotasiga joylashtirilgan (1978). 2002-yilda Abelning 200 yilligi sharafiga Norvegiya hukumati matematika boʻyicha Abel mukofotini taʼsis etgan. Oydagi Abel krateri uning sharafiga nomlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz