Nie Haisheng
Nie Haisheng (talaffuzi: Nie Haisheng 1964-yil 13-oktabrda tugʻilgan) — Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi Strategik Yordam Kuchlarining (PLASSF) general -mayori, fazogir sifatida faol xizmatda va PLA Astronavtlar Korpusining (PLAAC) uchinchi qoʻmondoni (boʻlinma boshligʻi). U PLA havo kuchlari qiruvchi uchuvchisi va navigatsiya direktori sifatida xizmat qilgan.
Nie Shenzhou 6 da uchdi va Shenzhou 10 va Shenzhou 12 missiyalarida qoʻmondon boʻlib xizmat qildi. 2021-yilda 111 kunlik koinotda u xitoylik astronavtning koinotda eng uzoq qolishi boʻyicha yangi rekord oʻrnatdi va uch marta uchgan ikki xitoylik astronavtdan biri hisoblanadi.
Harbiy havo kuchlari martabasi
Nie 1964-yil 8-sentyabrda Xubey provinsiyasi, Sianyan shahri, Zaoyang okrugining Yangdang shahrida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, u 1983-yil iyun oyida Xalq Ozodlik Armiyasi Harbiy-havo kuchlariga qoʻshildi va qiruvchi uchuvchi boʻldi. U PLAAFning 7-raqamli uchish maktabida tahsil olgan va 1987-yilda uni tamomlagan.
1989-yil 12-iyunda uning samolyoti 13000 fut (4000 m) balandlikda uchayotganda portlash sodir boʻldi va dvigatel shikastlandi. Samolyot yerga qulay boshladi, yerga 400-500 metr qolganda Nie katapulta orqali sakrab omon qodi. Bu jasorati uchun uchinchi darajali mukofot bilan taqdirlangan.
Astronavtlar korpusi martabasi
1998-yil yanvar oyida u Xitoyning kosmik parvozlar dasturi uchun tanlangan. Nie Xitoyning birinchi boshqariladigan kosmik parvozi boʻlgan Shenzhou 5 parvoziga tayyorgarlik koʻrish uchun yakuniy guruhning bir qismi boʻlgan uchta nomzoddan biri edi.
Nie Fei Junlong (qoʻmondon) bilan birga 2005-yil 12-oktyabrda Shenzhou 6 parvozining bort muhandisi sifatida orbitaga chiqdi. Missiya besh kundan ozroq davom etdi.
U Shenzhou 9 missiyasi uchun zaxira ekipaj komandiri etib saylandi. 2013-yilda Nie Xitoyning Tiangong 1 prototipi kosmik stantsiyasiga Shenzhou 10 kosmik missiyasini boshqarish uchun tanlangan. U Shenzhou 10 missiyasi ishga tushirilganda bosh unvonga sazovvor boʻldi, yaʼni ofitser etib tayinlandi.
Shaxsiy
Nie uylangan, bir nafar qizi bor. U Shenzhou 6 missiyasi davomida oʻzining 41 yoshini kosmosda nishonlagan.
Asteroid 9517 Niehaisheng uning sharafiga nomlangan.
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org