Nido. Dostonlar
„Nido“ , toʻliq nomi
„Nido. Dostonlar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub dostonlar toʻplami. 1965-yil Toshkent shahrida „Toshkent“ badiiy adabiyot nashriyotida (hozirgi nomi Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi) chop etilgan. Toʻplamga Vohidovning „Nido“, „Buyuk hayot tongi“ hamda „Orzu chashmasi“ dostonlari kiritilgan. Ushbu uch doston keyinchalik Vohidovning bir necha toʻplamiga, jumladan, „Dostonlar“ toʻplamiga kiritilgan.
Mazkur toʻplamda ilk bor eʼlon qilingan „Nido“ dostoni ham tanqidchilar, ham oʻquvchilar tomonidan yuqori baholandi va Vohidov ismi xalq orasida tanilishida muhim rol oʻynadi. Doston Vohidovning Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan otasi Chuyanboy Vohidovga bagʻishlagan. „Buyuk hayot tongi“ dostoni esa Vladimir Leninning yoshligi haqidadir. Nihoyat, „Orzu chashmasi“ dostonida Qora dengiz sohilida yashovchi ikki sevishgan – Orzu va Ogʻadoʻstning fojiali taqdiri haqida hikoya qilinadi.
„Nido“ toʻplamini nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Sayyor – muharrir, G. Bedarev – rassom, I. Nirkov – rasmlar muharriri, L. Ilina – texnik muharrir, A. Hasanova – musahhih. Kitob adadi – 10 000 nusxa.
Dostonlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org