NIDERLANDIYA QIROLLIGI – 1814-15 yillarda Vena Kongressi tomonidan Niderlandiya va Belgiya tarkibida tuzilgan davlat. Qirol Vilgelm I hukmronligi ostida bo’lgan. Niderlandiya qirolligida amalda Niderlandiya gegemonligi o’rnatilib, Belgiya viloyatlarining iqtisodiy va siyosiy manfaatlari kamsitilgan. 1830 yilgi Belgiya inqilobi Belgiyani ajralib chiqishi va Niderlandiya qirolligini parchalanishiga olib kelgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish