Niderlandcha Vikipediya
Niderlandcha Vikipediya (niderlandcha: Nederlandstalige Wikipedia) — Vikipediyaning niderland tilidagi boʻlimi.
Boʻlim 2001-yil 19-iyunda oʻz faoliyatini boshladi va 2005-yili maqolalar soni 100 mingga yetdi. Niderlandcha Vikipediyaning faollik choʻqqisi 2006-yilning oʻrtalarida boʻldi, olti haftada botlar yordamida Fransiya kommunalari boʻyicha 35 ming maqola qoʻshildi.. 2011-yilning oxirlarida 90 kun ichida biologik turlar boʻyicha 250 mingdan ziyod hajmi 1 Kb qisqa maqolalarni botlar yordamida qoʻshdi.. 2011-yili 17-dekabrda boʻlimning maqolalar soni 1 milliondan oshdi, soʻngi 50 000 maqola 4 kunda yozildi, shu koʻrsatgich bilan maqola soni boʻyicha Vikipediya boʻlimlari orasida toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi, boshqa parametrlar boʻyicha orqada qoldi. Shunday maqolalarning botlar bilan qoʻshilishining natijasida Niderlandcha Vikipediya teranligini tushurib yubordi.
Hozirgi ahvoli
2023-yil 7-Noyabr boʻyicha Niderlandcha Vikipediyada 2 136 452 maqolalar mavjud. 1 308 041 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 3 594 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 36 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 66 093 948. Teranligi (bugun): 19
Havolalar
Niderlandcha Vikipediyaning publikatsiyasi
Manbalar
uz.wikipedia.org