Nicolás González




Nicolás Ivan González (talaffuzi: Nikolas Gonsales; 1998-yil 6-aprelda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, A Seriyaning „Fiorentina“ klubi va Argentina terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati



Argentina Juniors



Klubning yosh toifadagi jamoasida oʻn yildan ortiq oʻynagan. González 2015—2016-yilgi mavsumda Argentina kubogi doirasidagi „Argentinos Juniors“ safida 2016-yil iyulida Primera C Metropolitana ligasi vakli „Deportivo Laferrere“ga qarshi oʻyinda professional debyutini oʻtkazdi. Primera Nacional jamoasidagi debyutini 28-avgust kuni San Martínga qarshi oʻtkazdi. 2016—2017-yilgi mavsumdagi toʻrtta golining birinchisini 2017-yil 23-aprelda „Atletiko Parana“ ga qarshi oʻyinda kiritdi. González 2016—2017-yillarda yigirmata oʻyinda maydonga tushdi, jamoasi argentinaliklar Argentine Primera Divisióniga oʻtdi.

VfB Stuttgart



2018-yilning 10-iyulida González VfB Stuttgart bilan besh yillik shartnoma imzoladi. 18-iyul kuni FV Illertissen qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida debyut ishtirokida ikkita gol urdi. Birinchi rasmiy golini 22-dekabr kuni oʻz uyida „Schalke 04“ga qarshi oʻyinda kiritilgan. 2020-yil iyun oyida Sandhausen va 1. FC Nürnbergga qarshi oʻyinlarda ketma-ket dubl qayd etdi; Oxirgi uchrashuv uning Stuttgart safidagi 100-uchrashuvi boʻldi.

2020-yilning 25-noyabrida González VfB Stuttgart bilan shartnomasini 2024-yilning iyunigacha uzaytirdi.

Fiorentina



2021-yil 23-iyunda González A Seriyaning „Fiorentina“ klubi bilan 2026-yilgacha 5 yillik shartnoma imzoladi. 13-avgust kuni González „Fiorentina“ safidagi debyutini Italiya kubogining birinchi turida B seriya vakili „Kozenza“ga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazib, 37-daqiqada gol urdi.

Xalqaro faoliyati



2019-yil iyul oyida González Argentina olimpiya terma jamoasidan oʻsha yili Peruda boʻlib oʻtadigan Panamerika oʻyinlariga chaqiruv oldi. Bir necha oy oʻtgach, Gonzálezni Germaniya va Ekvador bilan oktyabr oyidagi boʻladigan oʻrtoqlik oʻyinlari oldidan birinchi marta Lionel Scaloni asosiy terma jamoa tarkibiga kiritdi. Germaniyaga qarshi oʻyinda maydonga tushmadi, lekin 13-oktyabr kuni Elche shahridagi Estadio Manuel Martines Valero stadionida Ekvador qarshi oʻyinda oʻynadi, jamoa 6:1 hisobida gʻalaba qozondi.

González Argentina terma jamoasi safidagi ilk golini 2020-yil 12-noyabr kuni JCh—2022 saralashida Paragvayga qarshi oʻyinda kiritdi (1:1). Yana bir necha kun oʻtib Peruga qarshi oʻyinda gol urdi.

Shaxsiy hayoti



2021-yil 26-oktabrda COVID-19 kasalligiga duchor boʻldi

Faoliyat statistikasi



Klub



22-oktyabr, 2022-yilgi holat boʻyicha[2]

Terma jamoada



5-iyun, 2022-yilgi holat boʻyicha [2]

25-mart, 2022-yilgi holat boʻyicha[2]

Yutuqlari




Argentina Olimpiadasi

Argentina

Individual

Manbalar




Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz