Nicolás de la Cruz
Diego Nicolás de la Cruz Arcosa (talaffuzi: Diego Nikolas de la Kruz Arkosa; 1997-yil 1-iyunda Montevideoda tugʻilgan) — urugvaylik futbolchi, „River Plate“ futbol klubi va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
Nicolás de la Cruz poytaxtning „Liverpool“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yil 13-sentabr kuni „El Tanque Sisley“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Nicolás de la Cruz Urugvay premyer ligasida debyut qilgan. 15-may kuni „Rentistas“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Nicolás de la Cruz „Liverpool“ safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan.
2017-yilning 15-avgustida Nicolás de la Cruz Argentinaning „River Plate“ futbol klubiga o‘tgan. „Banfield“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Argentina premyer ligasida debyut qilgan.
Xalqaro faoliyati
2017-yilda Nicolás de la Cruz Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda oʻtkazilgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida gʻolib chiqgan. Turnirda Nicolás de la Cruz Peru, Boliviya, Kolumbiya, Braziliya, Ekvador va ikki marta Venesuela va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Argentinalik va kolumbiyaliklarga qarshi bahslarda Nicolás de la Cruz uchta gol urgan.
Oʻsha yili Nicolás de la Cruz Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Nicolás de la Cruz Yaponiya, Janubiy Afrika, Saudiya Arabistoni, Portugaliya, Venesuela va ikki marta Italiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Arablar va venesuelaliklarga qarshi janglarda Nicolás de la Cruz gol urgan.
Nicolás de la Cruz Urugvay terma jamoasining 2021-yilgi Amerika Kubogi uchun qaydnomasiga kiritilgan.
Nikolas Nicolás de la Cruz ning oʻgay ukasi Karlos Sanches Janubiy Amerikada 2015-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Statistikasi
Terma jamoa safida
Manbalar
uz.wikipedia.org