Nicoline Sørensen
Nicoline Haugård Sørensen (1997-yil 15-avgustda tugʻilgan) — Daniyalik futbolchi, Angliya FA Ayollar Superligasi va Daniya terma jamoasi va Everton klubida hujumchi sifatida faoliyat olib boradi. 19 yoshida kattalar terma jamoasida birinch o'yinini o'tkazgan, u Daniya futbol assotsiatsiyasining 2016-yilgi eng yaxshi iqtidor uchun mukofotiga munosib deb topilgan.
Jamoalardagi faoliyati
2013-yil avgust oyida Sørensen Shvetsiyaning Rosengård klubiga kelib qoʻshildi. U 2014-yilgi mavsum oldidan klub bilan professional shartnoma imzolashga qaror qildi va klub chempionligi uchun oʻnta Damallsvenskan oʻyininida maydonga tushdi. 2015-yil fevral oyida Sørensen Daniyaga qaytib, Brøndby IF jamoasida ko‘proq o‘ynab, o‘qishini davom ettirdi. 2017-yil iyul oyida Sørensen amaldagi chempion Linköpings FC klubida safida oʻynash uchun Damallsvenskanga qaytishi eʼlon qilindi.
2020-yil iyul oyida u Angliyaga koʻchib oʻtish uchun Brøndby klubini tark etdi va Ayollar Superligasida Everton FK klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro karyera
Brøndby klubi safida ajoyib oʻyin koʻrsatganidan soʻng, Sørensen 2016-yil oktabr oyida Xitoyning Yongchuan xalqaro turniri uchun Daniya terma jamoasi tarkibiga chaqirildi. U jarohat olgan Nadia Nadimning oʻrnini egalladi. 2017-yilda u Daniyaning UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2017 terma jamoasiga kiritilgan.
Shaxsiy hayot
Hozirda u Daniya Texnik Universitetida innovatsion muhandislik fakultetida masofaviy talaba sifatida oʻqimoqda. U toʻrt tilda soʻzlashadi: Dancha, Shvedcha, Inglizcha va Norvegcha.
Xalqaro golar
Yutuqlar
Klub
Brondby IF
FK Rosengård
Gʻolib Linköpings FC
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org