Nicole Rolser
Nicole Rolser (1992-yil 7-fevralda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, oxirgi marta Münchenning „Bayern Munich“ klubida asosiy tarkibda oʻynagan.
Faoliyati
Rolser professional faoliyatini dastlab 2009—2010-yillarda „VfL Sindelfingen“ klubida boshlagan. Birinchi mavsumda u liga oʻyinida qatnashdi va bitta gol urdi. 2010—2011-yilgi mavsumida Rolser Bundesliganing „SC 07 Bad Neuenahr“ klubiga koʻchib oʻtdi va liganing 21 oʻyinida jami oʻnta gol urdi. Uning debyuti 2010-yilning 15-avgustida oʻz uyida „Essen-Schönebek“ ustidan 4:3 hisobida gʻalaba qozonib, 63-daqiqada oʻz jamoasini 3:2 hisobida oldinga olib chiqdi. Bu uning jamodagi oʻrnini yaxshiladi.
2012-yil dekabr oyida Rolser Angliyada „Liverpool L. F.C“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Angliya jamoasi bilan u 2013—2014-yillarda ketma-ket ikkita liga chempionligini qoʻlga kiritdi.
2015-yilning 2-iyulida Rolser Germaniyaning „Bayern Munich“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
U terma jamoa safida ham koʻplab yutuqlarga erishgan. U Germaniya sharafini juda erta „Germaniya U15“ tarkibida himoya qilishdan boshlagan. Keyinchalik U16 safida, soʻngra U17, U19, U20 terma jamoa safida ham yutuqlarga erishdi. Oʻsmirlar oʻyinchisi sifatida Germaniya U17 terma jamoasiga qoʻshilgan edi. 2008-yil Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan U17 Jahon chempionatida, u 16-noyabr kuni uchinchi oʻrin uchun oʻyinda Angliya terma jamoasi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Yutuqlari
Klub
Liverpool jamoasi
Bayern Munich
Milliy terma jamoa
Shaxsiy yutuqlari
Manbalar
uz.wikipedia.org