Nicole Jung




Nicole Yongju Jung (1991-yil 7-oktabrda tugʻilgan), Nicole nomi bilan mashxur, koreys-amerikalik qoʻshiqchi. U Janubiy Koreyadagi Kara qizlar guruhining sobiq aʼzosi.

2014-yilda Jung DSP Media kompaniyasini tark etgaan va yakkaxon faoliyatini davom ettirish uchun B2M Entertainmentga oʻtgan. Uning yakkaxon First Romance mini albom debyuti 2014-yil 19-noyabrda chiqqan.

Faoliyati



Jung 2007-yil 29-martda Park Gyuri, Han Seung-yeon va Kim Sunghee bilan birgalikda „Break It“ singli bilan Kara guruhining eng yosh aʼzosi sifatida debyut qilgan. Sunghee may oyida guruhni tark etgan va iyul oyida Goo Hara va Kang Jiyoung aʼzo sifatida qoʻshilgan.

2008-yil 4-dekabrda Kara oʻzining „Pretty Girl“ nomli 2-mini-albomini chiqargan va 2009-yil fevral oyida „Honey“ nomli keyingi albomi chiqqan; ikkinchisining xuddi shu nomdagi treki M Countdown! shousida 1-oʻrinni egallagan. 2009-yil iyul oyining oxirida Kara oʻzining „Revolution“ nomli ikkinchi albomini chiqargan. „Wanna“ va „Mister“ qoʻshiqlarining xit boʻlgani tufayli guruhning umumiy mashhurligi oshgan va ular uchinchi „Lupine“ mini-albomi bilan yanada eʼtirofga sazovor boʻlganlar.

2014-yil 13-yanvarda Jung DSP Media bilan shartnomasi tugashi munosabati bilan guruhni tark etishi va u ikki oy davomida oʻz vokalini yaxshilashga eʼtibor qaratish uchun shtatlarga uchib ketishi eʼlon qilingan. 2014-yil 14-oktabrda Jung B2M Entertainment bilan eksklyuziv shartnoma imzolagan. Nicolening yangi agentligi bosh direktor Gil Jong Hwa tomonidan tashkil etilgan. Jungning First Romance nomli yakkaxon mini-albom debyuti 2014-yil 19-noyabrda chiqqan. Noyabr oyida First Romance 8754 nusxada sotilgan. 2014-yil oxiriga kelib, mini-albom 10137 nusxada sotilgani maʼlum boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz