Nicolai Boilesen




Nicolai Moller Boilesen (talaffuzi: Nikolay Moller Boylesen) — daniyalik futbolchi, „Kopengagen“ klubi va Daniya terma jamoasining chap qanot himoyachisi. 2020-yilgi Yevropa chempionatining yarim finalchisi.

Jamoalardagi faoliyati



Boylesen „Lill Hama“ havaskor jamoasida futbol oʻynay boshlaga. 2004-yilda u „Brøndby“ klubining futbol akademiyasiga qabul qilingan. Nikolayning yoshlar jamoasidagi muvaffaqiyatli oʻyinlari koʻplab Yevropa klublarini qiziqtirga. Himoyachiga "Manchester United", "Chelsea" va „Fiorentina“ klublari qiziqish bildirishgan.

2009-yilda 500 ming yevro evaziga Boylesen Amsterdamning „Ajax“ klubiga oʻtgan va 2011-yilgacha klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. Birinchi mavsum Nikolayga zarba bergan bir qator jarohatlar soyasida qoldi. 2010-yilda u jamoaning mavsumdagi tarkibiga kiritildi. 2011-yil 3-aprelda „Heracles Almelo“ jamoasiga qarshi oʻyinda u „Eredivisie“ jamoasida debyut qilgan va ikkinchi boʻlim boshida Deyli Blindni almashtirgan. Oʻsha yilning sentabr oyida, PSVga qarshi duelda Boylesen Jermeyn Lens bilan toʻqnashuvda tizzasidan jarohat olgan va 2012- yilning fevraligacha safdan chiqdi. 16-fevral kuni Yevropa ligasi doirasida Angliyaning „Manchester United“ jamoasiga qarshi oʻyinda Nikolay jarohati qaytalandi. Bu jarohat uni butun mavsum davomida maydondan chetda qoldirdi.

Xalqaro karyerasi



2011-yilda Daniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Boylesen oʻz uyida Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Shveytsariya, Belarus va Islandiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2011-yilda Boylesen Daniya terma jamoasida debyut qilgan. 2013-yilning 15-noyabrida Norvegiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Nikolay terma jamoa safidagi ilk golini urdi.

Statistikasi




Daniya safida gollari




Yutuqlari



Jamoaviy yutuqlari

"Ajax"

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz