Nicola Coughlan




Nicola Mary Coughlan (talaffuzi: Nikola Meri Koflan) (1987-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — irlandiyalik aktrisa. Nicola Mary Channel 4 telekanalida efirga uzatilgan Derry Girls sitkomidagi Clare Devlin (2018-2022) va Netflix kompaniyasi tomonidan suratga olingan Bridgerton (2020-hozirgi) dramasidagi Penelopa Featherington rollari bilan tanilgan.

Yoshlik davri



Coughlan 1987-yil 9-yanvarda Irlandiyaning Galway shahrida dunyoga kelgan va Oranmorda ulgʻaygan. Besh yoshida opasining maktab spektaklidagi ijrosini koʻrib, aktrisa boʻlishga qaror qilgan. Coughlan Scoil Mhuire boshlangʻich maktabida va Kalasanktius kollejida tahsil olgan. U Galwaydagi Irlandiya Milliy Universitetini ingliz tili va klassik sivilizatsiya yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Keyinchalik Angliyada Oksford drama maktabida va Birmingem aktyorlik maktabida malaka oshirdi. Hozirda Coughlan Londonda istiqomat qiladi. 

Faoliyati



Nicola Coughlan 10 yoshida, 1997-yilda My Brother’s War nomli triller filmida rol ijro etgan. 2004-yilda oʻz faoliyatini Tom Kollins rejissyori boʻlgan The Phantom Cnut qisqa metrajli filmidagi roli bilan boshlagan. Keyingi yillarda animatsion seriallarga turli ovozlar bergan. Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Coughlan Irlandiyaga qaytishga majbur boʻldi. Bu davrda u depressiyadan aziyat chekdi. Coughlan Londondagi The Old Vic teatrida Jess va Joe Forever filmi uchun ochiq kasting chaqiruviga taklif qilindi va kastingdan muvaffaqiyatli oʻtib, bosh rolni qoʻlga kiritdi.

2018-yilda Coughlan Derry Girls filmida bosh qahramonlardan biri Clare Devlin rolini ijro eta boshladi. Serial 2018-yilning yanvar va fevral oylarida Channel 4 telekanalida namoyish etilgan. Aynan shu yilning dekabr oyida Netflix platformasida film qayta chiqarilganidan soʻng bir zumda mashhurlikka erishdi.

Xuddi oʻsha yili Coughlan Harlots filmida Hannah Dalton rolini ham ijro etadi. Evening Standard nashri uni „2018-yilning ko‘tarilgan yulduzlaridan biri“ deb atadi. Ayni shu yili The Great British Bake Off shousining epizodida Derry Girls filmida rol ijro etgan baʼzi hamkasblari bilan raqobatlashdi.

Coughlan 2019-yilda Netflix’ning 2020-yil dekabr oyida premyerasi bo‘lgan Bridgerton serialida rol ijro etishi eʼlon qilindi. Julia Quinnning ayni nomdagi eng koʻp sotilgan kitobiga asoslangan ushbu davriy drama serialida Coughlan, Regens davridagi Londondagi yangi boy oilaning kenja qizi Penelopa Featherington rolini ijro etadi.

Filmografiyasi



Film




Mukofotlar va nominatsiyalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz