Nico Schulz




Nico Schulz (1993-yil 1-aprelda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Borussia Dortmund klubi va Germaniya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Schulz futbol oʻynashni boshlaganida to 2000-yilgacha Berlinning BSC Rehberge jamoasida oʻynagan va 7 yoshida Hertha BSCga jamoasiga qoʻshilgan. U yosh oʻyinchi sifatida yaxshi oʻyin koʻrsatadi va Liverpool eʼtiborini tortadi. Biroq Liverpool tomonidan tushgan taklifni rad etadi. Keyingi yillarda u Herthaning yoshlar jamoalarida oʻynaydi va 2009-2010-yilda U19 DFB-Pokal musobaqasi finaliga chiqadi. Ammo 1899 Hoffenheimga qarshi final oʻyinida magʻlubiyatga uchrab, ikkinchi oʻringa sazovor boʻlishadi.

Keyingi yil yozida Schulz professional futbolga oʻtadi. U 2010-yilning 14-avgustida DFB-Pokalning birinchi bosqichida SC Pfullendorfga qarshi oʻyinda 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, oʻzining birinchi oʻyinini oʻtkazgan. Keyingi ikki mavsumda Schulz muntazam zaxirada qolar edi. U Hertha BSC jamoasi safidagi birinchi golini 2013-yilning 30-martida VfL Bochumga qarshi oʻyinda kiritadi.

2015-yilning 18-avgustida Schulz 4 yillik shartnoma asosida Mönchengladbachning Borussia jamoasiga oʻtadi. 2017-yilda esa Hoffenheim 1899 bilan uch yillik shartnoma imzolaydi va 2019-yil 22-maygacha jamoa safida qoladi.

2019-yilning 22-mayida Schulz Julian Brandt va Torgan Azar bilan birga Borussia Dortmund jamoasiga o‘tadi.

Xalqaro faoliyati



Schulz 2018-yilning 29-avgustida Germaniya terma jamoasining 2018-2019-yilgi UEFA Millatlar ligasi doirasidagi Fransiyaga qarshi o‘yinida va Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Germaniya terma jamoasiga chaqirildi.

Shaxsiy hayoti



Uning akasi Jan Luka Schulz ham professional futbolchi.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



Hertha BSC

Borussia Dortmund

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz