Nick Viergever
Nick Viergever (talaffuzi: Nik Virgever; 1989-yil 3-avgustda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Utrecht klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Gollandiya milliy futbol terma jamoasi safida uchta oʻyinda maydonga tushgan.
Klublardagi faoliyati
Sparta Rotterdam
Viergever faoliyatini Sparta Rotterdam klubida boshlagan. 2009-yil 10-may kuni NECga qarshi oʻyinning ikkinchi boʻlimda Edvin van Bueren oʻrniga maydonga tushib Erediviziyadagi debyutini nishonladi (1:1). Klubdagi ikki mavsumida 30 ta oʻyinda ishtirok etib birorta ham gol ura olmagan
AZ Alkmaar
2010-yilning yozida Viergever AZga oʻtdi. 2012—2013-yilgi mavsum boshida sardor etib tayinlandi.
Ajax
2014-yilning 24-mayida Viergever Ajax bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. Viergever UEFA Yevropa ligasi chorak finalida Schalke 04ga qarshi oʻyinning 110-daqiqasida „Ajax“ safida muhim gol urdi. Mehmondagi gollar qoidasiga muvofiq klub keyingi bosqichga yoʻl oldi.
PSV
2018-yilning 2-may kuni Viergever PSV Eindhoven bilan shartnoma imzoladi. Viergever „Ajax“ning azaliy raqibiga oʻtish bilan bogʻliq mojarolarni tushunganini, ammo Erediviziya chempioni bilan shartnoma imzolaganidan xursand ekanligini aytgan.
Greuther Fürth
Viergever 2021-yil 31-avgustda, 2021-yil yozgi transfer oynasining soʻnggi kunida Bundesliga vakili Greuther Fürthga oʻtdi. Klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Utrecht
2022-yil 16-mayda Viergever Utrecht bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati
2012-yilning 7-mayida Viergever Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Bert van Marveyk Viergeverni Yevro-2012 turniri uchun 36 nafar vaqtinchalik tarkibga kiritdi. Yangi murabbiy Louis van Gaal qoʻl ostida 2012-yilning 15-avgustida Belgiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (4:2) debyut qildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
14-may, 2022-yil
Xalqaro
31-may, 2017-yil holatiga koʻra
Yutuqlari
AZ Ajax PSV Eindhoven Maʼlumotnomalar
uz.wikipedia.org