Nick Venema




Nik Venema (1999-yil 9-aprelda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Eerste Divisie klubi „VVV-Venlo“ safida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Erta faoliyat



Venema yoshligida bir nechta klublarda oʻynagan, ona shahri SV Austerlitz, VW Woudenberg va RODA '46 klublari shular jumlasiga kiradi.

Utrext



Venema FK Utrext jamoasi yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016-yilning 5-avgustida, NAC Breda klubiga qarshi oʻyinda Yong FK Utrext tarkibida, Eerste Divizionida professional debyutini amalga oshirdi.

U Erediviziyadagi debyutini 2017-yilning 12-fevralida, FC Utrext safida PSV Eyndxoven jamoasiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va Richairo Zivkovichning o‘rniga maydonga tushirildi. 2017-yilning 29-oktabr kuni, NAC Bredaga qarshi oʻyinda (2:2) asosiy jamoadagi birinchi golini kiritdi. Gol oʻyinning 78-daqiqasida kiritildi. Uning goli hisobni tenglashtirdi va oʻyindagi soʻnggi gol boʻlib qoldi.

Almere City
2019-yilning 28-avgustida u „Almere City“ klubi safiga ijara asosida borib qo‘shildi.

NAC Breda
2020-yil 27-avgustda, u NAC Breda jamoasiga ijaraga berildi. Mavsum davomida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

Utrextga qaytish
Venema 2021-22-yilgi mavsum oldidan Utrextga qaytib keldi va u yerda yana „Jong FC Utrext“ ning zaxira oʻyinchisiga aylandi. Bosh murabbiy Darije Kalezich qoʻl ostida tajribali hujumchi sifatida oʻyin koʻrsata boshladi.

VVV-Venlo
2021-yil 24-dekabrda, Venema mavsumning qolgan qismi uchun „VVV-Venlo“ klubiga ijaraga berildi. 2022-yil 22-iyun kuni shartnoma toʻliq muddatga (3 yil) imzolandi.

Xalqaro faoliyati



Venema Gollandiya U17 terma jamoasi safida, 2016-yilning 7-fevralida Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. U oʻsha oʻyinda 70 daqiqa maydonda harakat qildi va oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi. 2017-yilning 30-avgustida, Belgiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:1) U19 terma jamoasi safida debyut qildi. U oʻsha oʻyinda atigi 18 daqiqa oʻynadi. Uning birinchi va ikkinchi xalqaro gollari Finlandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida kiritilgan. O‘yin 9:0 hisobida Gollandiya foydasiga hal bo‘ldi, Venema mos ravishda 80 va 90-daqiqalarda 8 va 9-gollarni kiritdi. U oʻsha oʻyinda ham bor-yoʻgʻi 18 daqiqa oʻynadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz