Nick Ebert
Nick Ebert (
talaffuzi: Nik Ebert) (1994-yil 11-mayda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi. Nick Ebert hozirda Kontinental Xokkey Ligasi (KHL) vakili „Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey klubi safida oʻynaydi.
Oʻyin faoliyati
Nick Ebert 2010-yilda „Windsor Spitfires“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Nick Ebert 2010—2011-yilgi mavsum yakunida klubning birinchi jamoasi safiga tayinlandi. Nick Ebert 2012-yilgi NHL kirish loyihasi doirasida 211-oʻrindagi tanlov asosida „Los Angeles Kings“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.
Nick Ebert 2014-yilning 28-mayida „Los Angeles Kings“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi. Keyingi mavsumda Nick Ebert „Manchester Monarchs“ xokkey klubi bilan Calder kubogini qoʻlga kiritdi. 2016-yil iyun oyida Nick Ebert „Los Angeles Kings“ xokkey klubi tomonidan Jack Campbell evaziga „Dallas Stars“ xokkey klubiga almashtirildi.
Nick Ebert 2016—2017-yilgi mavsumda „Dallas Stars“ xokkey klubining oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashdi.
Nick Ebert 2017-yil 7-avgustda Kontinental Xokkey Ligasi (KHL) vakili „HC Slovan Bratislava“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolashga rozi boʻldi. Shu bilan Nick Ebert Shimoliy Amerikadagi xokkeychilik faoliyatini toʻxtatdi.
2018-yil fevral oyida Nick Ebert Shvetsiya Xokkey Ligasi (SHL) vakili „Örebro HK“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Nick Ebert 2018—2019-yillarda „Örebro HK“ xokkey klubi bilan birinchi toʻliq mavsumini oʻtkazdi.
2019-yil iyun oyida Ebert Shimoliy Amerikaga qaytdi va NHLning „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.
Keyin, Nick Ebert 2019—2020-yilgi mavsumni „Belleville Senators“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. Ushbu mavsum COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilinishidan oldin Nick Ebert 46 oʻyinda klub safida maydonga tushdi.
Shundan soʻng, Nick Ebert faoliyatini xorijda davom ettirishni maʼqul koʻrdi va 2022-yilning 5-iyulida Rossiyaning KHL vakili „Avtomobilist Yekaterinburg“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Mukofot va unvonlar
Manbalar
uz.wikipedia.org