Nicholas Bonino
Nicholas Lawrence Bonino (talaffuzi: Nikolas Lourens Bonino) (1988-yil 20-aprelda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi. Nicholas Bonino hozirda Milliy xokkey ligasining (NHL) „San Jose Sharks“ xokkey jamoasining muqobil sardori hisoblanadi. Nicholas Bonino, shuningdek, „Anaheim Ducks“, „Vancouver Canucks“, „Pittsburgh Penguins“, „Nashville Predators“ va „Minnesota Wild“ kabi xokkey jamoalarida oʻynagan.
Oʻyin faoliyati
Anaheim Ducks Nicholas Bonino „San Jose Sharks“ xokkey klubi safiga 2007-yilgi NHL kirish loyihasida 173-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Keyinchalik Nicholas Boninoning huquqlari 2009-yil 4-martda Travis Moen va Kent Huskins evaziga darvozabon Timo Pielmeier bilan „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga sotilgan edi. 2010-yil 21-martda Bonino 'Anaheim Ducks" xokkey klubi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Nicholas Bonino jamoa safida harkat qila boshladi va 2010-yil 26-martda „Edmonton Oilers“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda NHLdagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. Nicholas Bonino NHLdagi birinchi golini „Anaheim Ducks“ xokkey klubining keyingi oʻyinida „Dallas Stars“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi.
Vancouver Canucks 2013—2014-yilgi mavsumdan so‘ng Nicholas Bonino himoyachi Luca Sbisa bilan birgalikda „Vancouver Canucks“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. „Canucks“ klubi bilan birinchi mavsumida Bonino 75 ta oʻyinda maydonga tushib, 39 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi.
Pittsburgh Penguins 2015-yilning 28-iyulida Bonino „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Boninoning 2016-yilgi Stanley kubogi pley-off bosqichidagi oʻyini „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubining Stanley kubogini qoʻlga kiritishida muhim omil boʻldi. Uning safdoshlari, Philip Kessel va Carl Hagelin bilan birga, trio HBK liniyasi laqabini oldi va pley-off paytida kuchli oʻyinlari bilan ajralib turdi. Nicholas Bonino „Pittsburgh Penguins“ xokkey jamoasining Stanley kubogi chempioni boʻlishida katta omil boʻldi.
Nashville Predators "Pittsburgh" klubidagi ikki mavsumning har birida Stanley kubogini qoʻlga kiritganidan soʻng, Nicholas Bonino toʻrt yilga 16,4 million dollarga shartnoma imzolash uchun erkin agent sifatida jamoani tark etdi. U 2017-yil 1-iyulda „Nashville Predators“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.
Minnesota Wild 2020-yil 7-oktabrda Nicholas Bonino „Minnesota Wild“ xokkey klubi safiga qoʻshilishga qaror qildi.
San Jose Sharks 2021-yil 28-iyulda Bonino „San Jose Sharks“ xokkey klubi safiga erkin agent sifatida ikki yillik 4,1 million dollarlik shartnoma imzolash orqali qoʻshildi. Nicholas Bonino „San Jose Sharks“ xokkey klubi safidagi ilk golini oʻzining 700-o‘yinida kiritishga muvaffaq boʻldi.
Shaxsiy hayoti
2014-yilda Bonino Boston universiteti ayollar xokkey jamoasining sobiq hujumchisi Lauren Cherewykga uylandi. Er-xotinning 2016-yil 5-yanvarda tug‘ilgan Maise ismli qizi bor.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Manbalar
uz.wikipedia.org