Niamh Blackshaw
Niamh Blackshaw (19-noyabr, 1999-yil, Angliyada tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa. U oʻz karyerasini Mr Kiplingning milliy reklamasini oʻz ichiga olgan televizion roliklarda paydo boʻlishdan boshlagan. Keyinchalik, aktrisa 2017-yilda ITVda efirga uzatilgan Coronation Street serialida Lara Cutler rolini ijro etadi. 2018-yildan beri Channel 4 efirga uzatgan Hollyoaks serialida Juliet Nightingale rolini oʻynadi va buning uchun Inside Soap mukofotlarida Eng yaxshi yangi ishtirokchi nominatsiyasiga sazovor boʻladi.
Yoshligi va shaxsiy hayoti
Blackshaw 1999-yil 19-noyabrda Manchester shahrida tugʻilgan. Aktyorlikni oʻrganishdan oldin Blackshaw raqqosa sifatida taʼlim oladi va oʻn bir yoshida u Rossendaleda joylashgan Dance and Drama Centrega qatnay boshlaydi hamda u yerda LAMDA va Trinity imtihonlarini tamomlaydi. Aktrisa, shuningdek, Boltondagi Canon Slade Schoolda oʻqigan, u yerda boshqa fanlar qatorida A-Level imtihonlari uchun lotin tilini ham oʻrgangan. Niamh aktrisalik faoliyatini davom ettirguniga qadar Cambridge universitetiga oʻqishga qiziqqan. Blackshawda Lyme kasalligi bor.
Faoliyati
Blackshaw oʻz faoliyatini televizion reklamalarda, jumladan, Mr Kiplingning reklamasida paydo boʻlishdan boshlagan. 2017-yilda u ITV efirga uzatgan teleserial Coronation Streetning beshta epizodida Lara Katler rolida ishtirok etdi. Uning qahramoni Nathan Curtis (Christopher Harper) va uning jamoasi tomonidan tayyorlanganidan keyin oʻz joniga qasd qildi.
2018-yil mart oyida u Landline qisqa metrajli filmida suratga tushdi. 2018-yilning 4-sentabrida uning Channel 4da efir yuzini koʻrgan Hollyoaks serialida Juliet Nightingale rolida ishtirok etishi eʼlon qilindi va u 2018-yilning 21-noyabrida birinchi marta paydo boʻldi. Juliet obrazi uchun u Inside Soap mukofotlaridagi eng yaxshi yangi ishtirokchi nominatsiyasiga, shuningdek, Lysette Anthony va OʻDonnell bilan birga „Eng yaxshi hamkorlik“ uchun ikkita nominatsiyaga nomzod boʻlgan.
Filmografiyasi
Mukofotlar va nominatsiyalari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org