Niall Mason
Niall Aadya Mason (talaffuzi: Niall Aadya Meyson) (1997-yil 10-yanvarda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Niall Mason „Al Shahaniya“ futbol jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Niall Mason Angliyaning Brighton shahrida tugʻilgan. Niall Mason futbolchilik faoliyati davomida „Real Madrid“, " Al Sadd ", „Blackburn Rovers“, "Southampton ", „Doncaster Rovers“ va „Peterborough United“ futbol jamoalarida oʻynagan.
Yoshligi
Niall Mason 1997-yilda Angliyaning Brighton shahrida tugʻilgan. Uning otasi amerikalik, onasi esa hinddir. Niall Masonning oilasi Ispaniya va Qatarda yashagan. Shuning uchun Niall Mason Qatar, AQSh yoki Angliya milliy futbol terma jamoasida oʻynash huquqiga ega. Niall Mason imkoniyat tugʻilsa, Qatar milliy futbol terma jamoasida oʻynashni xohlashini aytgan.
Faoliyati
Aston Villa
Mason „Aston Villa“ futbol klubi bilan birinchi shartnomasini 2015-yilda imzolagan.
Niall Mason murabbiy Tim Sherwood boshchiligida klubning Portugaliyaning Faro shahridagi 2015-yil yozgi yigʻinida asosiy jamoaga qoʻshilgan.
Doncaster Rovers
2016-yil 6-avgustda Mason „Chelsea“ futbol klubi aʼzosi Jordan Houghton bilan birga yanvar oyigacha ijara asosida „Doncaster Rovers“ futbol klubi safiga oʻtgan. Ikkala oʻyinchi ham xuddi shu kuni „Accrington Stanley“ futbol klubiga 3:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda klubning tarkibida ilk oʻyinlarini oʻtkazishgan. 2017-yilning 1-yanvarida Niall Masonning ijara muddati mavsum oxirigacha uzaytirilgan.
2017-yilning 8-mayida „Doncaster Rovers“ futbol klubi Masonni nomaʼlum toʻlov evaziga „Aston Villa“ futbol klubidan doimiy ravishda ijaraga olgan. Niall Mason klub safidagi oʻzining birinchi golini oʻsha yilning 23-dekabrida penaltidan „Bristol Rovers“ futbol klubi darvozasiga kiritgan. Bu gol oʻyindagi yagona gol hisoblangan.
2019-yil mart oyida Mason jinsiy zoʻravonlik uchun sudlanganligi sababli „Doncaster Rovers“ futbol klubidan ishdan boʻshatilgan.
Peterborough United
2019-yil iyun oyida Niall Mason „Peterborough United“futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. U klub safidagi ilk golini 2020-yil 8-sentabr kuni „Burton Albion“ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritgan.
2021-yilning 11-mayida Niall Masonning shartnoma muddati tugagach, „Peterborough“ futbol klubidan ketishi eʼlon qilingan.
2021-yil avgust oyida Mason „Dundee“ futbol klubida qisqacha sinov muddatini oʻtkazgan. Uning klub safiga qabul qilinishi (uning sudlanganligi uchun) muxlislarning noroziliklariga sabab boʻlgan.
2021-yil dekabr oyida Mason Qatarga qaytib kelgan va Qatarning ikkinchi divizioni vakili „Al Shahaniya“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.
Faoliyat statistikasi
2021-yil 5-aprel holatiga ko'ra;
Manbalar
uz.wikipedia.org