Ngc
Tumanlik va Yulduz Klasterlari Yangi Umumiy Katalogi (inglizcha: New General Catalogue of Nebulae and Clusters of Stars; qisqartmasi —
NGC ) osmon jismlari jamlangan astronomik katalogdir. 1888-yili John Louis Emil Dreyer tomonidan John Herschelning Tumanlik va Yulduz Klasterlari Katalogi davomi sifatida boshlangan. NGC oʻz ichiga 7840 obyektni oladi, ular
NGC obyektlari deyiladi. U eng katta batafsil kataloglardan biridir, unda yulduzlardan tortib to galaktikalargacha yoritilgan. Dreyer keyinchalik NGC ga qoʻshimcha qilib Indeks Kataloglari (inglizcha: Index Catalogues; qisqartmasi —
IC ) ni chop etdi. Ulardan biri 1895-yili nashr qilinib, 1520 obyektni, ikkinchisi esa 1908-yili bosilib, 3866 obyektni, jami 5386
IC obyektlari ni oʻz ichiga olgan.
Janubiy yarimshardagi obyektlar oʻsha paytda nisbatan kam oʻrganilgani uchun NGC da batafsil yoritilmagan. Katalogning yangi, toʻldirilgan variantlari — Qayta Tekshirilgan Yangi Umumiy Katalog (inglizcha: Revised New General Catalogue; qisqartmasi —
RNGC ) 1973-yili Sulentic va Tifft tomonidan, NGC2000.0 esa 1988-yili Sinnott tomonidan boshlangan.
Yana qarang
Havolalar
uz.wikipedia.org