Әнгам сүрәсе




Anʼom surasi (arabcha: سورة الأنعام, nomining maʼnosi — Chorvalar[8][9]) — Qurʼonning 6-surasi. Makkiy suralardan biri, 165 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 128–150-sahifasida va 7-8-juzida joylashgan. 55-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mavzusi



Makkada nozil qilingan va bir yuz oltmish besh oyatdan iborat bu surada soʻz eʼtiqod va
iymon mohiyati ustida boradi. U mavzu eʼtibori bilan Madinada nozil boʻlgan Baqara, Ol-i
Imron, Niso va Moida suralaridan keskin farq qiladi. Bu surada islomiy jamiyatning oʻziga
xos belgilari — roʻza, haj, oilaviy masalalar yoki jihod hukmlari, yoxud ahli kitoblar va
boshqalar xususida soʻzlanmaydi. Balki unda eʼtiqod va iymonga aloqador markaziy
masalalar — Allohning zoti va sifatlari, vahiy va paygʻambarlik mohiyati hamda qayta
tirilish va qiyomat kunida boʻladigan hisob-kitob borasida soʻz yuritiladi.

«Anʼom»dagi oyatlar Alloh yaratuvchilikda ham, shariat qonunlarida ham, maʼbudlikda
ham yagona, deb uqtiradi. Yana u paygʻambarlar otasi - Ibrohim alayhis-salom va uning
zurriyotidan boʻlgan bir qancha paygʻambarlar haqida hikoya qiladi. Bulardan tashqari,
yashab turgan dunyomiz inson uchun sinov-imtihon olami ekanligi aytilib, inson bu
dunyoda Allohning xalifasidir, deb taʼkidlanadi. Binobarin, bu dunyoni obod-osoyishta
qilish ham, xarob-vayronaga aylantirish ham insonning oʻz qoʻlida ekanligi yana bir bora
eslatib oʻtiladi. Boshqa suralar boʻlinib-boʻlinib, har xil muddatlarda nozil qilingani holda bu sura Makkada bir kechada dafʼatan toʻla nozil boʻlgan.

Bu surada yana chorva hayvonlari va ular haqidagi xukmlar ham bayon etilgani uchun u
«Anʼom» — «Chorvalar» deb ataladi.

Manbalar




Havolalar



Anʼom surasi

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz