Ngô Bảo Châu
Ngo Bao Tyau (vyetnamcha: ŋo ɓa᷉ːʊ̯ cəʊ̯) (1978-yil 28-iyunda tugʻilgan) — vyetnamlik-fransiyalik matematik. Robert Langlands hamda Diana Shelstad taklif qilgan Fundamental lemmalarni isbotlab shuhrat qozongan. Tyau Fields medali bilan taqdirlangan ilk vyetnamlik matematikdir.
Tyau fizika professori oilasida tugʻilgan. 1988-1989-yillarda oʻtkazilgan Xalqaro matematika olimpiadalari gʻolibi. (Ularning birinchisida 100 yuz natija koʻrsatgan — 42 ta balldan 42 ball toʻplagan).
Tyau Xanoy universitetida ixtisoslashtirilgan matematika kurslarini tamomlaganidan keyin, Budapeshtda oliy maʼlumot olishga umid qilgan. Ammo Vengriyada rejim oʻzgarib, mamlakat hukumati vyetnamlik talabalarni qabul qilishni toʻxtatgan. Natijada u Parisdagi Oliy normal maktabmi tugatgan. Tyau hozirda New Jersey shtatining Princeton shahridagi Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org