NF
Nathan John Feuerstein — (1991-yil 30-martda tugʻilgan) ismining bosh harflari hisoblangan
NF taxallusi bilan tanilgan (
ИF sifatida uslublangan) amerikalik reper (bastakor, shoir va muallif). Uning ikkita
EPi (EP — extended play (qoʻshma albom)) albomi mavjud, bular: I’m Free (2012) va 2014-yilda Capitol CMG musiqiy guruh bilan yozilgan va ushbu jamoa nomi bilan eʼlon qilingan albomdir. Yuqorida sanab oʻtilgan misollardan tashqari, ijodkor 5 ta shaxsiy studiosida yozilgan albomlariga ega.
Moments (2010), Mansion (2015), Therapy Session (2016), Perception (2017) va The Search (2019) albomlari shular jumlasidandir. Ushbu reper 2021-yilda Clouds (The Clouds) nomi ostidagi miksteyp (mixtape — hikoya tarzida oʻqib beriladigan rep) albomini muxlislariga taqdim etdi. U yaratgan bir qancha albomlar yuqori darajadagi musiqiy sovrinlarga sazovor boʻlgan.
Jumladan, Yilning eng yaxshi rap/hip-hop albomi uchun
Gospel Music Association Dove Award sovrini (Therapy Session albomi — 2016) hamda
Billboard 200 chart (eng mashhur top musiqalar roʻyxati)da, ilk debyutidayoq, 2ta treki („Perception“ va "The Search") joy oladi. Bundan tashqari, uning "Let You Down" nomli musiqasi Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi
6x-platinum xalqaro miqyosdagi sertifikatiga ega boʻladi.
Yoshligi
Nathan John Feuerstein 1991-yilning 30-martida Michigan shtatining Gladvin shahrida tavallud topgan. Uning ota-onasi ajrashishgan. Onasining yangi mashuqi yosh Nathanni haqorat qilgani uchun otasi uni oʻzi bilan olib ketadi. Uning onasi 2009-yilda narkotikning juda yuqori dozasidan vafot etadi. Aynan ushbu voqea
NF' ning
"How Could You Leave us" (Bizni qanday tashlab ketdingiz)" musiqasi yaratilishiga sabab boʻladi. Yosh ijodkor 2009-yilda Gladvin oʻrta maktabini tamomlagan. U oʻz maktabidagi basketbol jamoasining yetakchi oʻyinchilaridan biri boʻlgan.
NF oʻz faoliyatini Michigan shtatining Kanton shahridagi
"Cherkovlar uyushmasi" (Connection Church) tomonidan tashkil etilgan Tasviriy sanʼat festivalida boshlagan.
Ijodi
Oʻzining taʼkidlashicha, bolaligida rep uning uchun, shunchaki, ermak hisoblangan. U oʻzining karaoke uchun moʻljallangan qurilmasida qoʻshiq yozardi. 2010-yilning 29-noyabrida NF, mustaqil ravishda, oʻzining haqiqiy taxallusi ostida „Moments“ debyut studiyaviy albomini chiqaradi. 2011-yil 2-avgustda u oʻzining "Alone" nomi ostidagi debyut yakkaijro musiqasini ommaga taqdim etadi. Musiqa muallif hamda produser Tommi Profitt va Bruk Griffitʼlar tomonidan yaratilgan. 2012-yilda
NF' ning yaratgan musiqalari "Xist Music" tashkiloti eʼtiborini tortadi. U 2012-yil 2-mayda, Profitt produserligi ostida, „I’m Free“ (Men erkinman) ilk professional albomini ommga taqdim etadi. Roʻyxatda toʻqqizta qoʻshiq mavjud boʻlib, shu jumladan "Alone" musiqasi ham albomdan joy olishga erishgan.
Ijdorkor Capitol Christian Music Group bilan hamkorikda yaratilgan EP albomi (2014)da bir qancha treklar ijro etadi. Ushbu loyiha uning Billboard tanlovidagi eng yutuqli chiqishi hisoblanadi. U ushbu ijrosi bilan Xristian albomlari turnirida 1-oʻrinni qoʻlga kiritadi. Top Gospel albomida 4-oʻrinni va "Top Rap Albums"da № 15-oʻrinni qoʻlga kiritadi. CCM jurnali EP albomini koʻrib chiqadi va uni toʻrt yulduz bilan taqdirlaydi. Uning birinchi studiyaviy albomi hisoblanmish Mansion 2015-yil 31-martda Capitol CMG tomonidan muhlislarga taqdim etilgan.
NF' ning
2016-yil 22-aprel ida ommaga havol etilgan "I Just Wanna Know" va "Real" musiqalari Therapy Session — ikkinchi studiyaviy albomi tarkibidan, yakka holda ijro etilgan treklar sifatida joy oladi. „Warm Up“ treki albomdan tashqari ijro etilgan tarona sifatida, 2016-yil 8-sentabrda, chiqariladi. 2017-yil 6-oktabrda
NF oʻzining uchinchi studiyaviy albomi — "Perception"ni eʼlon qiladi. Albom Billboard 200 tanlovida 1-oʻrinni egallaydi. Perception albomi muvaffaqiyatidan soʻng, u 2018-yil oʻrtalarida rapperlar Logic va Kyle bilan musiqiy gastrol safariga chiqayotganini eʼlon qiladi. Ushbu albom 2019-yil 11-yanvarda RIAA tomonidan 1 000 000 donadan ortiq sotilgan plastinka sertifikatiga ega boʻladi. Uning "Destiny" musiqasi MLB The Show 18 videooʻyiniga kiritilgan.
2018-yilda 19-yanvarda „No Name“ nomli yakkaxon ijrodagi musiqasini muxlislariga havola etadi. Keyinchalik, u toʻrtinchi studiyaviy albomidan oldingi birinchi yakka ijro etilgan "WHY" musiqasini eʼlon qiladi. 2019-yil 30-mayda u albomning "The Search" nomli trekini chiqardi. Keyinchalik u yana ikkita musiqasi, 27-iyunda "When I Grow Up" va 12-iyulda „Time“ni chiqaradi. The Search treki esa 26-iyul kuni eʼlon qilinadi. 2019-yil 3-dekabrda NF "Paid My Dues" trekini hamda ushbu musiqa uchun klipini ham ommaga namoyish etadi. 2020-yil oktabr oyida NF albomdan tashqari "Chasing_(Demo)" musiqasi orqali yangi albomdan parcha taqdim etgan holda ijdoga qaytadi. 2021-yil 18-fevralda
NF „Clouds“ musiqasi va ushbu musiqaga ishlangan klipni ham ommaga taqdim etadi. 2021-yil 26-mart sanasida chiqishi rejalashtirilgan xuddi shu nomdagi miksteyp (mixtape) albomi ham eʼlon qiladi. Miksteypda "Paid My Dues" yakka ijro taronasi hamda reperlar Xopsin (Lost/LOST) va Tech N9ne (Trust/TRUST) bilan duet treklarini oʻz muxlislariga taqdim etadi. 2021-yil 26-martda Clouds (Mixtape) albomi omma yuzini koʻradi.
Uslubi
NF oʻzining ijodiga „rep xudosi“ laqabini olgan Eminemning taʼsiri yuqori deb hisoblashini hamda, avvalari, uning barcha musiqalarini tinglaganini taʼkidlab oʻtgan.
NF uslubi, shuningdek, Logic va Machine Gun Kelly uslublari bilan oʻxshash deya taʼriflangan. Garchi u oʻz yoʻnalishini xristian musiqasidan olgan boʻlsa-da, oʻzining nasroniy reper ekanligini rad etgan holda: "Men nasroniyman, lekin men nasroniylar musiqasini yaratmayman. Siz hammaga bitta birdek yoqa olmaysiz. Men haqiqiy hayotim haqida yozaman.",deya izoh berib oʻtgan.
Konsertlari
Shaxsiy hayoti
Feyershteyn 2018yil sentabr oyi boshida Bridgette Doremus bilan turmush qurgan.
Studiyaviy albomlari
EPs albomlari
Miksteyp
Boshqa chart yoki sertifikatga ega qoʻshiqlar roʻyxati
Mukofotlar va nominatsiyalar
Manbalar
uz.wikipedia.org