Neyromultivit preparati
Neyromultivit preparati
Preparatning savdo nomi: Neyromultivit
Ta'sir etuvchi moddalar(XPN): tiamin gidroxloridi, piridoksin gidroxloridi, siankobolamin
Chiqarilish shakli: inyeksiya uchun eritma 2ml
Tarkibi: 2ml eritma tarkibida quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar:100mg tiamin gidroxloridi;100mg piridoksin gidroxloridi;1mg siankobolamin; yordamchi moddalar dietanolamin, inyeksiya uchun suv
Farmokoterapevtik guruhi: vitaminlar, B guruh vitaminlar majmuasi
Qo'llanilishi: -turli sababli polineyropatiyalar
-nevritlar va nevralgiyalar
-umurtqa pog'onasining degenerativ kasallliklari oqibatidagi radikulonevritlari (bo'yin sindromi, kaft va bilak sindromi, bel-dumg'aza sindromi)
-ishialgiya
-uch shoxli nerv nevralgiyasi, qovurg'alararo nevralgiyada qo'llaniladi.
Qo'llash usuli va dozalari :Preparat faqat mushak ichiga (dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga) yuboriladi. Og'ir o'tkir holatlarda-sindrom bartaraf etilguncha kuniga 1 inyeksiya, og'ir bo'lmagan holatlarda-1 inyeksiyadan haftada 2 - 3 marta.
Nojo'ya ta'sirlari: Juda kam hollarda<1-10.000
-yuqori sezuvchanlik reaksiyalari(asosan teri ko'rinishlari shaklida)
-anafilaktik reaksiyalar
-reflekslarni yo'qolishi bilan Sensor nevropatiya, ataksiya yuzaki va chuqur sensor faoliyati buzilishi simpatoplegiya
-xlorid kislota gipersekretsiyasi
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: -preparatning faol yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik,
-eritremiya, eritrotsitoz
-B guruh vitaminlari gipervitaminozida qo'llash mumkin emas.
Dorixonalarda berish tartibi :retseptsiz
uz.wikipedia.org