Neyrogipofiz
Posterior gipofiz (orqa gipofiz yoki
neyrogipofiz ) - endokrin sistemaning bir qismi boʻlgan
gipofiz bezi ning orqa boʻlagi. Gipofizning orqa boʻlagi oldingi boʻlak kabi bez hujayralari tutmaydi. Neyrogipofiz asosan, gipotalamusdan keluvchi aksonlar toʻplamidan iborat. Neyrogipofizning asosiy vazifasi aksonlar orqali keluvchi gipotalamus garmonlarini (oksitotsin va vazopressin) saqlash va bevosita qonga sekretsiya (ajratish) qilish hisoblanadi. Gipotalamo-neyrogipofizar tizim gipotalamus (paraventrikulyar yadro va supraoptik yadro), gipofizning orqa boʻlagi yaʼni neyrogipofiz va aksonlardan iborat tizimdir.
Tuzilishi
Neyrogipofiz, asosan, gipotalamusning supraoptik va paraventrikulyar yadrolarini hosil qiluvchi neyronlardan keluvchi aksonlar toʻplamidan iborat. Bu aksonlar neyrogipofizial gormonlar oksitotsin va vazopressinni saqlaydi va neyrogipofiz kapillarlariga chiqaradi, u yerdan garmonlar qon aylanish tizimiga kiradi. Neyrogipofizda aksonlardan tashqari, gormonlarni saqlash va chiqarishda yordam beruvchi astrositlarga oʻxshash maxsus
glial hujayra lar boʻlgan
pituitsit lar ham mavjud.
Neyrogipofizning koʻpchilik manbalarga koʻra quyidagi qismlardan iborat:
Pars nevroza
Nervli boʻlak (pars nevroza) yoki orqa boʻlak deb ham ataladigan bu qism neyrogipofizning katta hajmini egallaydi va oksitotsin hamda vazopressinni saqlaydi. Baʼzan notoʻgʻri talqinlar bilan neyrogipofizning sinonimi sifatida qaraladi, pars nevroza Herring tanachalari va pituitsitlarni oʻz ichiga oladi.
Infundibulyar qism
Infundibulum yoki gipofiz sopi deb ham ataladigan infundibulyar qism gipotalamus va gipofiz tizimlarini bogʻlaydi.
Vazifasi
Gormon sekretsiyasi
Neyrogipofiz gipotalamusda hosil boʻlgan ikki gormonni toʻplaydi va qonga ajratadi. Bu garmonlar: oksitotsin va vazopressin. Gipotalamusda hosil boʻlgan garmonlar aksonlar orqali neyrogipofizga kelgandan soʻng Herring tanachalarida toʻplanadi va kerak vaqtda ajralishga tayyor holda neyrosekretor vezikulalarda saqlanadi.
Klinik ahamiyati
Vazopressinning yetarli darajada ajralmasligi qandsiz diabetga sababchi boʻladi. Bunda organizm siydikni konsentratsiyalash qobiliyatini yoʻqotadi. Kasallangan odamlar kuniga 20 litrgacha siydik ajratadi. Vazopressinning haddan tashqari sekretsiyasi "buzilgan antidiuretik gormon" (SIADH) sindromini keltirib chiqaradi.
Manbalar
uz.wikipedia.org