Nevzat Tarhan
Nevzat Tarhan (1952-yil 7-iyul) turk shifokori, psixiatr va nevropsixolog. Üsküdar Universiteti asoschisi va rektori. Turkiyadagi birinchi nevropsixiatrik shifoxona NPİSTANBUL Brain Hospital direktorlar kengashi raisi. Nevzat Tarhan shuningdek
Turkiya-Amerika Nevropsixiatriya Assotsiatsiyasi Turkiya bo‘limi prezidenti.
Hayoti va faoliyati
Nevzat Tarhan 1952-yilning 7-iyulida Turkiyaning Amasiya viloyati Merzifon shahrida tug‘ilgan. 1969-yilda Kuleli harbiy litseyini va 1975-yilda Istanbul Universitetining Cerrahpaşa tibbiyot fakultetini tamomlagan. 1982-yilda Gulhane o‘quv tadqiqot kasalxonsida psixiatr bo‘lgan. 996-1999-yillar orasida Yüzüncü Yil universitetida o‘qituvchi va Sud tibbiyot institutida ekspert bo‘lib ishlagan. U o‘z xohishi bilan nafaqaga chiqib,1998 yilda Amerika Xotira markazining Turkiya vakili bo‘lgan.
Uning milliy va xalqaro jurnallarda chop etilgan 100 dam ortiq ilmiy maqolalari mavjud bo‘lib, shulardan 40 taksi SCI sinfidagi jurnallardir. Shuningdek Nevzat Tarhanning kitoblari 1 million nusxadan ortiq sotilgan. U ingliz va nemis tillarini biladi.
Ilmiy a’zolik
Yangi Simpozium tahririyat kengashi a’zosi 2020-yil
Xulq-atvor fanlari va psixologiya jurnali - Tahririyat kengashi a’zosi 2018-yil
Üsküdar universiteti Ijtimoiy fanlar jurnali - maslahat kengashi a’zosi 2018-yil
Evropa Neyropsikofarmakologiya Kongressi (ECNP) - a’zo 2018-yil
Turk Amerika Nevropsixiyatriya Assotsiatsiyasi (TANPA) - Prezident 2017-yil
Anatolian Journal of Psychiatry - Maslahat kengashi a’zosi 2010-yil
Xalqaro Psixiatriya Assotsiatsiya (IPA) – a’zosi 2009-yil
Nyu-York Fanlar Akademiyasi - a’zosi 1997-yil
Nashr qilingan kitoblari
Hujjatli psixologiya 2, (Yaxshilik, haqiqat va go‘zalliknini topish san’ati) 2022-yil
Donolik psixologiyasi 1, 2022-yil
Hz. Mavlono bilan oilaviy terapiya, 2019-yil
Neyroteologiya, Neyrologiyadan diniy fanga, 2018-yil
Asosiy va Klinik Psixiatriya, 2018-yil
Neyrofotonika va miya xaritasi, 2017-yil
Aqldan yurakka sayohat, 2012-yil
Ijobiy psixologiya, 2012-yil
Hissiyotlar psixologiyasi va hissiy intellekt, 2006-yil
Ayollar psixologiyasi, 2005-yil
Oila maktabi, 2004-yil
Stress va kasalliklar, 1990-yil
Manbalar
uz.wikipedia.org